Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

O‘sha mashhur Ronaldinyoning garajiga nazar tashlaymiz: braziliyalik "sehrgar" qaysi turdagi avtomobillarga qiziqadi?

O‘sha mashhur Ronaldinyoning garajiga nazar tashlaymiz: braziliyalik "sehrgar" qaysi turdagi avtomobillarga qiziqadi?

Baho:
+ | -

Braziliya afsonasi Ronaldinyo yaqin kelajakda moliyaviy tomonlama ancha qiynalib qolgan edi. Unga bir nechta ayblar qo‘yilib, 2018 yilda polisiya tomonidan qo‘lga olinadi. Ronaldinyo belgilangan jarimani to‘lay olmagani sababli Portu Alegredagi uyidan, keyinchalik esa "BMW" va "Mercedes-Benz" rusumli mashinalaridan ayriladi. Bu boyliklar qaytariladimi yoki yo‘q, buni bilmaymiz. Ammo Ronaldinyoda hali ham avtolar anchagina. U allaqachon avtoulovlardan kolleksiya hosil qilgan. Quyida shu haqida so‘z boradi.

"Bugatti Veyron" – 1.6 million funt

Karim Benzema "Bugatti" muxlisi, Ronaldinyo ham.
1.6 millionlik superkar yillar davomida kolleksionerlarning bisotidagi eng qimmat avtomashinalardan biri bo‘lib kelmoqda. Aytish mumkinki, "Bugatti"ning ushbu versiyasi yo‘llarda foydalanish mumkin bo‘lgan eng tez qurilmadir. Uning tezligi soatiga 267 kilometrgacha chiqadi. Dunyo bo‘ylab bu turdagi mashina faqat 450 tagina ishlab chiqarilgan. 

"Rolls-Royce Cullinan" – 300 ming funt

Ushbu mahsulot Ronaldinyo yig‘masining ikkinchi eng qimmat mashinasi sanaladi. Boshqa sport yulduzlari, xususan, Ronaldu "Cullinan" versiyasining faxriy egasi hisoblanadi. Ingliz ishlab chiqaruvchisi ushbu qurilmaga 6.75 litrlik ikkita V12 turbo dvigatel o‘rnatgan. Shu sababdan mashina besh soniyada 62 kilometr soatgacha tezlana oladi.

"Hummer" – 86 ming funt

1990 yillar oxiri va 2000 yillar boshida har qaysi mashhur inson o‘zida hech bo‘lmasa bitta "Hummer"ni saqlardi. Basketbol afsonasi Dennis Rodman va mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger shular jumlasidandir. Ronaldinyo esa o‘zinikini "Barselona" safida o‘ynab yurgan paytida sotib olgan.

"BMW X5" – 66 230 funt

X5 versiya ilk marta 1999 yilda taqdim etiladi. "BMW"ning saloni qulay va lyuks. Sport-karga o‘xshasada, uning top-tezligi 155 kilometrdan oshmaydi. X5 5.3 soniyada 0 dan soatiga 60 kilometrgacha tezlana oladi.

"Lamborghini Aventador" – 271 ming funt

"Aventador"lar APL yulduzlari orasida mashhur. Ayniqsa, braziliyaliklar uchun ushbu mashina sevimlilardan biridir. Xususan, "MYU" hujumchisi Antoni o‘zining shu rusmdagi avtosida ko‘rinish bergan edi. Serxio Aguero ham Angliyada "Lamborghini" minardi. Ronaldinyoda uning o‘ziga xos rangi mavjud.

"Ferrari 458" – 155 ming funt

Futbolchilik davridagi mashhurlik, tezkorlik va texnika, Ronaldinyoni "Ferrari" sotib olishga undadi. Bu mashina futbolchining maydonda nimalarga qodirligining ramzi edi. "Ferrari 458" o‘z dizayni bilan narx borasida ko‘plab brendlar bilan bellasha oladi. Aynan shu versiyadagi avtomobilga Mesut O‘zil, Lui Saa va Mario Balotellilar ham egalik qiladi. Ushbu karning maksimum tezligi 202 kilometr/soatga teng.

"Porsche 911 Carrera S" – 110 ming funt

Tezligini 3.5 soniyada soatiga 60 kilometrgacha chiqara oladigan ushbu mashina, Ronaldinyoning yana bir sevimlilaridan biridir. Ushbu brend o‘tmishda Krishtianu Ronaldu va Diyego Maradona tomonidan qadrlangan. Ronaldinyoda esa uning Braziliya libosi bilan bir xil rangdagisidan mavjud.

"Aston Martin Rapide AMR" – 129 ming funt

2019 yilda Ronaldinyo Saudiya Arabistoni poytaxti bo‘lmish Ar-Riyod shahriga tashrif buyuradi. Yulduz u yerda avtomobillar ko‘rgazmasida ishtirok etadi va mashina xarid qiladi. Ronaldinyo Ar-Riyoddan "Aston Martin" olib kelish uchun 130 ming funt sarflagan. Ayrim manbalarda aytilishcha, bu avtomobil Ronaldinyoga arab shayxlari tomonidan sovg‘a qilingan. Ammo bunga isbot mavjud emas.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:10, 15.05.2023.
O'qildi: 5326 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.