"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining APLning 36-turida "Everton" ustidan qozonilgan g‘alabasi (3:0) haqida fikr bildirdi.
"Chempionlar ligasi yarim finalidagi o‘yinlar oralig‘ida biz uchun qiyin bo‘ldi, "Everton" "Brayton" darvozasiga 5 ta gol urdi. Ammo biz birinchi daqiqalardanoq o‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga oldik. Mavsum oxirida bu ajoyib o‘yin bo‘ldi. Chempion bo‘lish uchun bizga yana ikkita g‘alaba kerak", - dedi Gvardiola Sky Sports bilan suhbatda.