Bugun Angliya Premyer-ligasi 36-turidan o‘rin olgan yana bir qiziq uchrashuv bo‘lib o‘tadi - «Lester» «Liverpul»ga qarshi.
«Lester»
«Tulkilar» ayni dam 19-o‘rinni band etgan holda o‘zlariga yarashmaydigan joydan tepaga chiqish uchun harakat qilmoqda. Xavfsizroq bo‘lgan 17-pog‘onadan 2 ochko farq ajratib turibdi. Jahon chempionatidan keyingi davrni hisobga olsak, jamoa 20 bahsdan atigi 3 tasida zafar quchdi. Raqibda esa aksincha, mersisaydliklar ketma-ket 7-g‘alabasi sari yaqinlashmoqda. Din Smit murabbiy sifatida so‘nggi bor «Liverpul»ni qabul qilganda 7:2 hisobida zafar quchganini ham unutmaslik kerak. Hozir buni bajarish qiyindir, ammo... «Tulkilar» so‘nggi uchrashuvlarni «Nyuskasl» va «Vest Xem»ga qarshi o‘tkazadi. Biroq «Lester»ga dalda beruvchi jihatlar ham yo‘q emas. Masalan, klub so‘nggi 10 golning 8 tasini kuchli to‘rtlikdagi jamoalarga qarshi kiritgan. Biroq JCHdan so‘ng har 20 o‘yinda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmoqda.
«Liverpul»
«Brentford»ga qarshi bahsdagi gol Saloh uchun APL joriy mavsumidagi 19, «Enfild»dagi 100-gol sifatida tarixga kirdi. «Yunayted» bilan baribir 4 ochkolik farq saqlanib qoladigan ko‘rinadi. Qiziq tomoni, «Liverpul»ning so‘nngi 6 g‘alabasi bir to‘p farqi bilan qo‘lga kiritilmoqda. 2002 yilgi «Everton»dan beri bu natijaga deyarli hech kim erisholgani yo‘q. Jamoaning «King Pauer»ga qilgan so‘nggi ikki safari mag‘lubiyat bilan tugagan.
Yangiliklar
Din Smit bugun Vestergord, Jastin, Bertrand hamda Ixeanacho xizmatlaridan foydalana olmaydi.
«Liverpul»da esa Firmino, Keyta, Baychetich, Remzi, Alkantara jamoasiga yordam bera olmaydi.
Jamoalarning so‘nggi o‘yinidagi statistika
Salohning joriy mavsumdagi statistikasi