Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Xayrulla Hamidov «Barselona»ning chempionligi haqida fikr bildirdi

Xayrulla Hamidov «Barselona»ning chempionligi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -1

“Barselona” La ligada o‘zining 27-chempionligini nishonladi.
 
Bundan to‘rt-besh yil muqaddam "Barselona" deya atalmish klub uchun bu sovrin bugungidek qadrli emasdi. Mana, jamoada bir necha yillar davomida olib borilgan tozalash tadbirlari va avlodlar almashinuvi o‘z samarasini bera boshladi.

Ha, faqatgina La liga sovrini xolosmi, dersiz, lekin bu chempionlikning qadri oliydir... sababi bugungi “Barselona” shaxslarga emas, jamoaviy o‘yinga qurilgan bo‘lib, kamiga Messisiz chempionlikka erishdi.

Barcha g‘alabalar zamirida Xavining qo‘li bor, albatta, to‘g‘ri tizim tanlay bildi, Setyen, Kuman davrida olib kelingan mitti yulduzchalar Xavi davrida quyoshday porlab ketishdi. “Barsa” bilan xayrlashgan Pike o‘rniga undan ham ko‘ra zalvorliroq ko‘ringan Ronald Arauxo himoyada ishonchni oqlamoqda. Inyesta va Xavi davomchisi bo‘lmish Pedri, Gavi keldi.

Hujumda esa Rafinya va Dembela o‘z pozisiyalarida mavsumning ikki qismida asosiy ishni bajarib berishdi. Leva xohlagan klubda to‘purar bo‘lishga qodirligini bilamiz.

Birgina “Messi davomchisi” deb aytilgan Ansu Fatiga stabillik, ruhiy barqarorlik kamdek tuyulmoqda. Shunday bo‘lsa-da, “ko‘k-anorranglilar” chempion bo‘lishgani ahamiyatga molik holatdir.

Agarda Xavi tuzgan tizim ila ishlar olib borilsa, oldingi qudratini tiklashga shaxsan menda shubha yo‘q, misol uchun "Arsenal" haqida ham shunday fikr bildirsa bo‘ladi, garchand ular Premyer ligada peshqadamlikni o‘z qo‘llari bilan Sitiga berishgan bo‘lsa-da…

Ushbu jamoalarning o‘yinida tizim bor, aniq maqsad va rejalar bor. Ushbu rejalarni amalga oshirishda bevosita rol o‘ynovchi o‘yinchilar shakllantirilsa bo‘ldi. Men ko‘rib turgan bugungi "Barsa"ga Messi keraksizdek tuyulmoqda. Ha, Messi klubdan-da katta figura, lekin yuqorida aytganimdek, jamoa shaxslar orqali emas, tizim orqali qurilishi muhim hozir.

Gvardiolaga yaqin futbol infratuzilmasini hozirda uning shogirdlari Xavi va Arteta shakllantirayotgandek tuyulyapti.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 10:01, 16.05.2023.
O'qildi: 5365 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.