Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

O‘zbekiston yoshlar jamoasi FIFA U20 chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok eta oladimi? Yevropalik mutaxassis javob berdi

O‘zbekiston yoshlar jamoasi FIFA U20 chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok eta oladimi? Yevropalik mutaxassis javob berdi

Baho:
+ | -

20 may kuni Argentinada yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga start beriladi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Sloveniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Suad Filekovich "Match TV"ga bergan intervyusida O‘zbekiston U20 jamoasidan nimalar kutayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

— Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qiziqish yuqori. Yevropa klublari mazkur turnirda ishtirok etadigan bo‘lajak yulduzlarni diqqat bilan kuzatishadi. Yevropada o‘ynayotgan janubiy amerikaliklarning soni ko‘p. O‘ylashimcha, Afrika ham tez orada yaxshi futbolchilarni Yevropaga yetkazib bera boshlaydi.

— Turnir favoriti kim?
— Argentina. Ular o‘z uyidagi o‘ynashadi. Shuningdek, Braziliyani ham unutmaslik kerak. Bu turnirda qandaydir yangi gap aytish qiyin.

— O‘zbekiston terma jamoasi ketma-ket ikki marta — 2013 va 2015 yillarda chorak finalgacha yetib borgan. Bu jamoa yana hayron qoldirishi mumkinmi?
— Ko‘ramiz. Argentinadagi turnirda futbol jihatdan top mamlakatlar asosiy rolda bo‘ladi. O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi JCHda bir necha marta ishtirok etgan bo‘lsa-da, ushbu mamlakat futbolchilarida yirik turnirlarda ishtirok etish tajribasi yo‘q. Masalan, Argentina, Braziliya, Germaniya yoki Ispaniyada shunday tajriba bor. Har holda ushbu omil katta ahamiyatga ega. Har qanday holatda ham O‘zbekistonga omad tilayman. Futbol shunisi bilan qiziqki, unda hamma narsa ro‘y berishi mumkin.

Argentinada katta futbol ko‘rgazmasi bo‘ladi. Yevropa futbolida pul ko‘p. Shunday ekan bizni yosh futbolchilar uchun rekord miqdordagi transferlar kutayotgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi "A" guruhida Argentinada, Yangi Zelandiya va Gvatemalaga qarshi bahslarda ishtirok etadi. Turnirdagi ochilish o‘yini esa Argentina va O‘zbekiston o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Manba: matchtv.ru
Kiritildi: 22:19, 16.05.2023.
O'qildi: 6082 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик