"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Stiven Jerrard "Inter" darvozaboni Andre Onanning "Milan"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalidagi o‘yini haqida gapirdi.
“Onana o‘ninchi raqamni kiyishi mumkin, u menga Edersonni eslatadi. U doimo bosim ostida, lekin Andre har doim xotirjam ko‘rinadi. U uzoq va qisqa paslarni ham bera oladi. Onanani tomosha qilish menga yoqdi. Andre - fantastik darvozabon", - deya Jerrard so‘zlarini keltirgan jurnalist Saymon Fillips.
Onana faoliyatida ilk bor Chempionlar ligasi finaliga chiqdi, uning jamoasi "Milan"ni umumiy 3:0 hisobida mag‘lub etdi.