Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

YECHL. «Inter» - «Milan» o‘yiniga oid raqamlar

YECHL. «Inter» - «Milan» o‘yiniga oid raqamlar

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final javob uchrashuvi doirasida “Inter” o‘z uyida “Milan”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvga oid raqamlar va faktlar

“Milan” va “Inter” tarixda birinchi marta bir mavsum davomida 5 marta o‘zaro to‘qnash keldi. 1973/74 yilgi mavsumdan keyin ilk bor “Inter” hamshaharini bir mavsum davomida 4 marta mag‘lub etdi.

“Inter” o‘z tarixida oltinchi marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Bungacha jamoa 1963/64, 1964/65, 1966/67, 1971/72, 2009/10 yilgi mavsumlarda musobaqa finaligacha yetib kelgan. Milanliklar musobaqaning 3 karra g‘olibi (1962, 1965, 2010) hisoblanadi. “Inter” o‘zi uchun oxirgisi bo‘lib turgan 2010 yilgi finalda Joze Mourinyo boshqaruvida g‘alaba qozongandi.

“Milan” uchinchi marta Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘ta olmadi. Jamoa bungacha 1955/56 yilgi mavsumda “Real Madrid” va 2005/06 yilgi mavsumda “Barselona”ga mag‘lub bo‘lgandi.

Italiya klubi 6 yil deganda ilk bor YECHL finaliga chiqdi. Oxirgi marta “Yuventus” 2016/17 yilgi mavsum finalida qatnashgan va “Real”ga yutqazgandi.

“Inter” futbolchisi Genrix Mxitaryan Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan birinchi armanistonlik futbolchiga aylandi. U yarim finalning dastlabki uchrashuvida “Milan” darvozasiga gol urgandi.

“Milan” o‘z tarixida birinchi marta “Inter”ga qarshi qatorasiga 4 ta uchrashuvda gol ura olmay (0:1, 0:2, 0:1, 0:3), mag‘lub bo‘ldi.

Lautaro Martines “Inter” safida Chempionlar Ligasidagi o‘ninchi golini urdi va bu borada Samyuuel Eto'O bilan tenglashib oldi. Faqat Adriano (14), Xulio Kruz (13) va Ernan Krespo (11) undan ko‘proq gol urgan. Shuningdek, argentinalik futbolchi faoliyati davomida birinchi marta ketma-ket ikki mavsumda 25 ta gol urdi.

Shuningdek, Lautaro “Milan”ga 8 marta gol urdi. “Inter” tarixida faqat Juzeppe Meassa (12) va Ishtvan Niyeresh (11) yaxshiroq natijaga ega.

Simone Inzagi “Inter” bilan Yevropaning birinchi raqamli turniri finaliga chiqqan ikkinchi italiyalik murabbiy bo‘ldi. Bungacha 1972 yilda Jovanni Invernissi “neradzuri” bilan Chempionlar Kubogi finaliga chiqqan. Unda jamoa “Ayaks”ga 0:2 hisobida  mag‘lub bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:50, 17.05.2023.
O'qildi: 1427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.