Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«PSJ» himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

«PSJ» himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Markinyos fransuz klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqda parijliklar rasmiy sayti xabar bermoqda. Braziliyalik futbolchining «PSJ» bilan yangi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Klub saytiga bergan intervyusida Markinyos shartnoma uzaytirilganidan juda mamnun ekanligi va bundan juda faxrlanishini tan oldi.

Futbolchi bu o‘zi uchun o‘ziga xos lahza ekanligini va «PSJ» yaqin kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonchi komil ekanligini ta’kidladi.

Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

35-turdan so‘ng «PSJ» 81 ochko bilan Fransiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 18:13, 19.05.2023.
O'qildi: 913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик