Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Denis Bushuyev: «Hozirgi holatimizda biz uchun har bir ochko oltinga teng»

Denis Bushuyev: «Hozirgi holatimizda biz uchun har bir ochko oltinga teng»

Baho:
+ | -

Superliga 11-turida o‘z maydonida OKMK bilan durang qayd etgan «Turon» klubi ustozi Denis Bushuyev durang hozirgi holatda oltinga teng ekani, Norbekovning harakatlari, o‘yin davomida taktikani o‘zgartirgani va keyingi o‘yinlarda tanlanishi mumkin bo‘lgan taktika haqida fikr bildirdi.

“Avvalo, aytishim kerakki, bugungi vaziyatda har bir ochko biz uchun oltinga teng hisoblanadi. Shu bois, bugungi o‘yindagi harakatlari uchun futbolchilarga rahmat. Bugungi raqibimiz shu paytgacha o‘ynagan raqiblarimiz orasida eng kuchlisi edi deyishim mumkin. Doim ham o‘yinni nazorat qilib natija ko‘rsata olmaysan. Bu futbol. Shunga qaramay, bugungi o‘yin uchun yigitlarga rahmat. Bugungi durangni qabul qilaman”, - dedi Bushuyev.

“Norbekov jamoamiz uchun juda muhim futbolchi. Uni ertaroq almashtirganimning sababi, u birinchi taymda katta hajmdagi ishni bajardi. Ikkinchi taymda ham unga o‘zini ko‘rsatish uchun biroz imkon berdik. Uni erta almashtirdimmi, kechmi – vaziyat taqozosi. Bunda muammo ko‘rmayapman. Umuman, bugun zaxiradan maydonga tushirilgan barcha futbolchilar bizga muhim vaziyatda foyda keltirishlari mumkinligini isbotlashdi va bundan xursandman. Raqib bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin futbolchilarga to‘pni ko‘proq nazorat qilishni, qisqa paslar bilan o‘ynash kerakligini aytgandim. Ammo, bundan foyda chiqara olmadik”.

“Keyingi o‘yinlarda kimlar maydonga tushishi mumkinligini aniq ayta olmayman. Barcha birdek harakat qilmoqda. Mashg‘ulotlarda ularning harakatlariga baho beramiz”.

“Jamoa muxlislariga alohida rahmat. Qiyin vaziyatda turganimizga qaramay, bizni qo‘llab-quvvatlab kelishayapti. Ularning tanqidlarini to‘g‘ri tushunaman. Ochig‘i, bizning bugungi darajamiz shunday. Ularni xursand qilish uchun harakat qilamiz”.

“Ikki nafar hujumchi bilan maydonga tushishimiz mumkin. Vaziyatga qarab, uch hujumchi bilan o‘ynashimiz ham mumkin. Xuddi bugungidek. Vaziyatga qaraymiz. Har qanday raqib bilan turli taktik sxemalarda o‘ynay olamiz”.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:56, 22.05.2023.
O'qildi: 1000 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.