Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Borussiya D» Bundesligada g‘alaba qozonishi uchun bir qadam qoldi. Germaniya chempionligi uchun kechayotgan kurash haqida

«Borussiya D» Bundesligada g‘alaba qozonishi uchun bir qadam qoldi. Germaniya chempionligi uchun kechayotgan kurash haqida

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasida chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Bavariya” 20 may, shanba kuni 33-tur doirasida “Leypzig”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Dortmundning “Borussiya” jamoasi esa mehmonda “Augsburg” ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ayni vaqtda Bundesliga turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan.



So‘nggi turda “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni qabul qiladi. “Bavariya” esa “Kyoln” mehmoni bo‘ladi. Dortmundliklar chempionlikni qo‘lga kiritish uchun g‘alaba qozonishi, yoki “Bavariya” ochko yo‘qotishi kerak.

Dormund klubi mag‘lub bo‘lsa-yu, myunxenliklar g‘alaba qozonsa, chempionlik ularga o‘tib ketadi.

Qiziqarlisi, agar Edin Terzich shogirdlari durang o‘ynasa va “Bavariya” g‘alaba qozonsa, ikkala klubning ham ochkolari soni 71 taga yetadi. Bu holda to‘plar nisbatiga qaraladi va unda myunxenliklar yaxshiroq natija qayd etmoqda: +53 ga +39.

Germaniya chempionatining yangi g‘olibini ko‘ramizmi? Bundesliganing so‘nggi o‘nta chempionligi “Bavariya”ga tegishli. “Borussiya” oxirgi marta 2011/12 yilgi mavsumda Yurgen Klopp murabbiyligida g‘alaba qozongandi.
Aller “Borussiya D”ni chempionlik sari yetaklamoqda. Futbolchi may oyidagi barcha o‘yinlarda gol kiritgan

Germaniya chempionatida bu mavsumda ham “Borussiya” chempionlik imkoniyatini “Bavariya”ga topshirib qo‘yadigandek ko‘ringandi. Lekin dortmundliklar hujumchisi Sebastyan Aller bunga rozi bo‘lmadi.

“Augsburg” dortmundliklarga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida bir kishi kam bo‘lib qoldi. Himoyachi Feliks Uduoxaya so‘nggi umid folini ishlatgani uchun maydondan chetlatildi. Shunga qaramay dortmundliklar uzoq vaqt davomida raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi.

O‘yinning 58-daqiqasiga kelibgina hujumchi Sebastyan Aller raqib jarima maydoni ichida to‘pni qabul qildi va hisobni ochdi. 84-daqiqada esa Sebastyan dublga erishdi. Hujumchi Marko Roysning zarbasidan keyin qaytgan to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi.

Aller Bundesliganing 2022/23 yilgi mavsumida 9 ta gol urdi. Mavsumning birinchi yarmida u saraton kasaliga qarshi kurashayotgandi. Futbolchi kasallikni yengdi, maydonga qaytdi va may oyida jamoani chempionlik sari yetaklamoqda. Kot-D’Ivuarlik futbolchi may oyidagi uchta tur o‘yinlarining har birida gol urdi. U 5+3 natijani qayd etib turibdi.

Yakunda Yulian Brandt hisobni yirik 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. “Borussiya” g‘alaba qozondi, ammo so‘nggi tur oldidan xavotirli vaziyat yuzaga keldi. Tizzasidagi muammolar tufayli safdan chiqqan Jud Bellinghemdan tashqari, “Augsburg”ga qarshi o‘yinda Mats Hummels ham jarohat oldi.

“Bavariya” prezidenti Gerbert Hayner “Augsburg” futbolchilariga “Borussiya”dan ochko tortib olinsa, mukofot va’da qilgandi. Lekin bu ish bermadi. “Borussiya D” uzoq kutilgan Bundesliga chempionligidan bir qadam ortda turibdi. So‘nggi tur o‘yinlari 27 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:19, 22.05.2023.
O'qildi: 2643 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.