Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tachmurod Agamurodov: Futbolchilarimning harakatlari menga yoqdi

Tachmurod Agamurodov: Futbolchilarimning harakatlari menga yoqdi

Baho:
+ | -

Superliga 11-turida safarda “Andijon”ga mag‘lub bo‘lgan “Qizilqum” klubi ustozi Tachmurod Agamurodov xatolar, jamoasining mag‘lubiyatga loyiq emasligi, Nurmatovning qayta almashtirilishi va shogirdlarining deyarli har o‘yinda chetlatilayotgani haqida fikr bildirdi.

“Bugun o‘zimizning xatolar evaziga mag‘lub bo‘ldik. Ikkita xato va ikkita gol. Raqib standartlardan qanday foydalanishini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Birinchi vaziyatda qanotda unchalik zarur bo‘lmagan vaziyatda qoida buzdik. Raqib o‘yinchisini yopishi kerak bo‘lgan futbolchimiz esa xato qildi. Ikkinchi vaziyatda ham himoyachi xato qildi. Jarima maydonida raqib futbolchisi bilan kurashda umuman ortdan kontakt qilmaslikka uqtiriladi. Ammo, futbolchimiz buni esidan chiqargan ko‘rinadi. Umuman olganda, bugun futbolchilar ko‘rsatgan o‘yin menga yoqdi. Harakat qilishayapti. Vaziyatlar yaratilayapti. Bugun jamoa hech bir jabhada raqibga yutqazmadi. Jamoa mag‘lubiyatga loyiq bo‘lmadi”, - dedi Agamurodov.

“Oybek Nurmatovning qayta zaxiraga olinishi – taktik o‘zgarish. O‘tkazib yuborgan ikkinchi golimizdan keyin bizga raqib maydonida boshi bilan o‘ynaydigan o‘yinchi kerak edi. Albatta, futbolchi zaxiradan maydonga tushib, qayta zaxiraga olinishi ularga yomon ta’sir qiladi. Buni o‘zim unga tushuntirishga harakat qildim. Bunda uning aybi yo‘q. Vaziyat taqozo etgani uchun shunday qildik”.

“Futbolchilar deyarli har o‘yinda qizil kartochk olayotgani intizom bilan bog‘liq emas. Bu mahorat va tajriba etishmasligi tufayli deyish mumkin. Aynan mahorat va tajriba yo‘qligi uchun futbolchilar kerak bo‘lmagan vaziyatlarda qoida buzishyapti. Chetlatishlar intizom yomonligi uchun emas, tajribasizlik tufayli qoida buzib qo‘yayotganimizdan kelib chiqayapti. Agar, himoyachimizda biroz tajriba bo‘lganida, jarima maydonchamiz ichida raqibga ortdan kontakt qilmagan bo‘lar edi”.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 02:54, 23.05.2023.
O'qildi: 1297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик