Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Liverpul" Klopp boshqaruvidagi to‘liq mavsumda ilk bor YECHLga yo‘llanma ololmadi

"Liverpul" Klopp boshqaruvidagi to‘liq mavsumda ilk bor YECHLga yo‘llanma ololmadi

Baho:
+ | -

"Liverpul" Chempionlar ligasining keyingi mavsumini o‘tkazib yuboradi.

Mersisayd klubi turnir jadvalida "Manchester Yunayted"ga yetib olish va Premyer-liganing kuchli 4-o‘rniga kirish imkoniyatini yo‘qotdi.

"Manchester Yunayted" bugun "Chelsi"ni mag‘lub etdi (4:1) va 37 turda 72 ochko jamg‘argan holda, Yurgen Klopp jamoasiga (66 ochko) yetib olish imkonini qoldirmadi.

Nemis murabbiyi birinchi marta klubdagi to‘liq mavsumida "Liverpul"ni Chempionlar ligasiga olib chiqa olmadi.

Klopp 2015/16 yilgi mavsumda "qizillar"ni qabul qilib oldi, o‘shanda "Liverpul" APLda 8-o‘rinni egallagandi.

O‘shandan beri "Liverpul" ketma-ket olti mavsum Chempionlar ligasiga yo‘l oldi.

Ushbu segmentda "qizillar" uch marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va bir marta turnirda g‘alaba qozondi.

Angliya sharafini kelasi mavsum Chempionlar ligasida “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Nyukasl” va “Manchester Yunayted” jamoalari himoya qiladi.

Kiritildi: 09:25, 26.05.2023.
O'qildi: 1206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик