Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Denis Korostichenko: «Dastlabki 20 daqiqalikdayoq bahs taqdirini hal qilishimiz kerak edi»

Denis Korostichenko: «Dastlabki 20 daqiqalikdayoq bahs taqdirini hal qilishimiz kerak edi»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko Pro liganing 10-turi doirasida "Yunired"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (4:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Ilk navbatda jamoadagilarni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin bobida nima ham deyishim mumkin. Dastlabki 20 daqiqalikdayoq bahs taqdirini hal qilishimiz kerak edi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik va ulardan foydalanishimiz kerak edi. 20-daqiqadan keyin o‘yinimizda pasayish ko‘rindi, yigitlar tempni biroz pasaytirishdi, shu sababli raqiblarda bir qancha vaziyatlar paydo bo‘lishni boshladi va ishonchliroq o‘yin ko‘rsatishdi. Ikkinchi bo‘limda to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish orqali ishni g‘alaba bilan yakunlay oldik. Zaxiradan tushgan futbolchilar ham o‘yinni kuchaytirishdi. Ikkinchi bo‘limda anchagina kuchli o‘yin ko‘rsatdik va adolatli g‘alaba qozondik, deya olaman. Shuningdek, yana bir narsani ta’kidlab o‘tishim kerak. So‘nggi ikki o‘yin tug‘ilgan kunlarga to‘g‘ri kelmoqda. O‘tgan safargi g‘alaba orqali Mirko Yelichichga sovg‘a tayyorlagandik. Bu safargi g‘alabani esa klubimiz bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramovga bag‘ishlaymiz. Bu g‘alaba ular uchun kichkinagina sovg‘a bo‘ladi.

— «Yunired» yangi tashkil topgan jamoa. Ushbu jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi?
— O‘z navbatida «Yunired» klubi bosh direktoriga ham minnatdorlik bildiraman. O‘yindan keyin u inson bizni chiroyli o‘yin bilan tabrikladi. Bu biz uchun ham yoqimli. Jamoa yosh, endi tashkil topmoqda. Shu sababli ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. «Yunired» yomon jamoa emas, futbolchilar harakat qilishmoqda, yaxshi o‘ynamoqda. Ular aynan futbol o‘ynashni istayotgani va shunga harakat qilayotgani odamni xursand qiladi. Boshqa jamoalar yopilib olishi, himoyaviy o‘yin ko‘rsatishi, natija uchun o‘ynashi ham mumkin. Ushbu jamoa esa paslar, kombinasiyalar orqali o‘yin ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Raqibga bosim ham uyushtirmoqda. Bu jamoa menga yoqdi.

— «Lokomotiv» biroz muddatdan keyin ushbu stadionga qaytadi va «Dinamo»ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu stadion sizga ma’qul keldimi? Navbatdagi o‘yingacha nimalarnidir to‘g‘rilash kerakmi?
— 25 may kuni stadionda qandaydir tadbir o‘tkazilishini oldindan bilardik, balki, bu so‘nggi qo‘ng‘iroq bo‘lishi ham mumkin. Kecha kechqurun bu yerga yetib kelganimiz uchun nimalar bo‘lganini ko‘rmadik. Balki maydon holati yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi. O‘t ozgina o‘sgan, uni biroz o‘rish kerak edi. Umuman oladigan bo‘lsam, maydon sifati o‘tgan yilgidan ko‘ra sezilarli yaxshilangan. O‘yinlar o‘tkazish uchun yaxshi holatga kelgan. Balki keyingi o‘yin oldidan maydon o‘tini o‘rishsa, yanada yaxshiroq bo‘lardi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:54, 26.05.2023.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.