"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe jamoasining joriy mavsumdagi chempionligi haqida gapirdi.
"Fransiya chempioni. 11-sovrin. Xonimlar va janoblar, dunyo: Fransiyaning eng katta klubi bu PSJ”, — deb yozdi Mbappe ijtimoiy tarmoqda.
Kecha, 27 may kuni "PSJ" tarixida 11-marta Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Mbappe Parij klubida 2018 yildan beri to‘p suradi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, 40 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.