Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

APL. So‘nggi kun ko‘p narsani hal qiladi

APL. So‘nggi kun ko‘p narsani hal qiladi

Baho:
+ | -

Premyer-liga o‘z yakuniga yetib keldi. Joriy mavsum, shubhasiz, ajoyib o‘tdi. Ha, chempionlik masalasi allaqachon "Manchester Siti" tomonidan hal etildi. Ammo so‘nggi tur jadvalning pastki qismida o‘zgarishlar yasashi mumkin. Bunda, eng avvalo, jadvalning pastki qismiga e’tibor qaratish kerak. "Sautgempton" Chempionshipga yo‘l olgan bo‘lsa, yana uchta klubdan ikkitasi unga sherik bo‘lishi kerak. Shuningdek, ayrim klublar uchun yevrokuboklar masalasi ham hal qilinadi.

Kuchli to‘rtlik

YECHL uchun kurash mavsum davomida qizg‘in ketdi. "Manchester Yunayted" so‘nggi turda "Chelsi"ni mag‘lub etib, so‘nggi yo‘llanmaga ega chiqdi. Shunday qilib, yangi mavsumda "Manchester Siti", "Arsenal", "Nyukasl" va "MYU" eng nufuzli qit’a turnirida ishtirok etadi. Ammo bu yerda ham kichik intriga bor. Uchinchi o‘rinni kim olishi hal bo‘lgani yo‘q. 38 tur bunga oydinlik kiritib beradi.

Yevropa ligasi va YEKL uchun ham kurash kechdi. Kutilganidek, "Liverpul" va "Brayton" beshinchi va oltinchi o‘rin bilan keyingi mavsumdan Angliyaning sharafini YELda himoya qiladigan bo‘ldi. Shuningdek, "Vest Xem" ham YELda qatnashish imkoniyatiga ega. Buning uchun londonliklar YEKL finalida "Fiorentina"ni yengishi kerak bo‘ladi.
Yevropa Konferensiyalar ligasi borasida kuchli raqobat saqlanib qolmoqda va hammasi bugun hal qilinadi. Negaki, yo‘llanma beruvchi, yettinchi pog‘ona uchun uchta klub kurashmoqda. Ular: "Tottenxem", "Aston Villa" va "Brentford"dir.
Ular 38 turda mis ravishda "Lids", "Brayton" va "Manchester Siti"ga qarshi kurashadi.

So‘nggi yevrokubok yo‘llanmasi uchun kurashda "Aston Villa" yaxshi imkoniyatga ega. Agarda birmingemliklar mag‘lub bo‘lsa, "Brentoford" g‘alaba qozonib, "Shporlar" durangga erishsa, u holda "Tottenxem" yettinchi o‘ringa chiqadi. Shuningdek, bu jamoa g‘alaba qozonib, qolganlar durang yoki mag‘lubiyat qayd etsa ham, yo‘llanmaga ega bo‘ladi.
"Brentford"ning masalasi sal qiyinroq. Negaki, ular "Manchester Siti"ni yutib, raqiblarning mag‘lubiyati yoki durangini kutishga majbur.

Vanihoyat, hammaning ko‘zi kim APLda qolishini belgilab beruvchi bahslarga qaratiladi. Negaki, bu yerda ham bitta o‘rin uchun uchta klub da’vogar bo‘lib turibdi. "Everton" qolish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Agar liverpulliklar o‘z o‘yinida g‘alabaga erishsa, qolganlarning natijalari ahamiyatsiz bo‘ladi. Negaki, mersisaydliklarga raqib bo‘lgan "Lids" va "Lester" shundoq ham pastki uchlikda turibdi. Bu ikki jamoada ochkolar teng. Shu sabab ularni faqatgina g‘alaba qoniqtiradi. Xususan, "Lester" o‘z o‘yinida yutib, "Everton"dan mag‘lubiyat yoki durang kutishi kerak. Negaki, "tulkilar"ning to‘plar farqi "Everton"nikidan yaxshiroq. "Lids"ga faqat g‘alaba va qolgan jamoalarning faqat mag‘lubiyati kifoya bo‘la oladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:52, 28.05.2023.
O'qildi: 1449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.