"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubida qolish haqida gapirdi.
"Men "PSJ"da juda xursandman va bu loyihaning bir qismi bo‘lishga qaror qilganman. Kelasi mavsum shu yerda o‘ynayman", - deya Mbappening so‘zlarini keltirgan jurnalist Fabrisio Romano.
Avvalroq, 24 yoshli fransiyalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsum uchun shartnomani uzaytirish variantini faollashtirmagani, bu esa 2024 yilda erkin agentga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.