Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

APL. Chempionshipga yo‘l olgan klublardan sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi futbolchilar

APL. Chempionshipga yo‘l olgan klublardan sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi futbolchilar

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida quyi chempionatga tushib ketgan klublardan doimo yaxshi darajadagi futbolchilarni xarid qilish imkoni bo‘ladi. Bu ssenariy bu yozda ham ishlaydi va katta klublar APLdan tushib ketgan, ammo talantli futbolchilarni sotib olish borasida bellasha boshlaydi.
"Everton" APLda ikkinchi yildirki, jon saqlab qolmoqda. Ammo joriy mavsumda Chempionshipga ravona bo‘lgan "Lester", "Lids" va "Sautgempton"dan yuqori darajadagi o‘yinchilar harakat qilardi. Biz bu jamoalarning har biridan transfer uchun munosib ikkitadan yulduzni tanlab oldik.

Jeyms Meddison ("Lester Siti")

Qanday qilib, "Lester"dek jamoa APLdan tushib ketishi mumkin? Bu savol hozirda ko‘plab odamlar tomonidan berilmoqda. Chempionlikdan atigi yetti yil o‘tib, Chempionshipga yo‘l olish o‘ta ayanchi hol. Klub shu sababli yaxshi futbolchilaridan ham ayriladi. Shulardan biri Jeyms Meddisondir. Yarim himoyachi uchun variantlar ko‘p. Tanlash esa uning o‘ziga havola.

Ehtimoliy manzili: "MYU", "Liverpul", "Arsenal", "Nyukasl".

Yuri Tilemans ("Lester Siti")

"Lester" Tilemans borasida hech nima qila olmaydi. Negaki, belgiyalik futbolchi shundoq ham 2023 yilning 30 iyunida erkin agentga aylanar edi. Yaqin tarixda yarim himoyachi uchun 60 million funt taklif qilganlar bo‘lgan. Endi esa u tekinga jamoadan ketmoqda. 26 yoshli futbolchi boshqa chempionatga o‘tishi ham mumkin. Hali aniq qarorga kelinmagan.

Ehtimoliy manzili: "MYU", "Liverpul", "Arsenal", "Roma".

Romeo Laviya ("Sautgempton")

"Sautgempton"ning dahshatli mavsumida eng yorqin yulduz Laviya edi. Endigina 19 yosh bo‘lishiga qaramay, u markaziy yarim himoyani osonlik bilan nazorat qila oladi. Yosh futbolchi "Manchester Siti"dan sotib olingan. 2024 yilda "shaharliklar"da uni 40 million funt evaziga qayta sotib olish huquqi bo‘ladi.

Ehtimoliy manzili: "MYU", "Chelsi", "Tottenxem", "Manchester Siti".

Jeyms Uord-Prouz ("Sautgempton")

Agarda bitta futbolchi APLda qolishga loyiq bo‘lsa, u Uord-Prouz bo‘lardi. Negaki, 28 yoshli yarim himoyachi "avliyolar"ning yuragi edi. Jeyms APLdagi eng yaxshi jarima zarbalari ijrochisi ham hisoblanadi. Shu sababdan uni yo‘qotish chempionatga ham zarar, aslida.

Ehtimoliy manzili: "Nyukasl", "Aston Villa", "Vest Xem", "Liverpul."

Jek Xarrison ("Lids")

Xarrison hali ham 26 yoshda va uning kelajagi porloq bo‘ladi. Buning uchun hujumchi yaxshiroq jamoaga o‘tishi kerak. U qishda "Lester"ga o‘tishiga bir bahya qolgandi. Ammo so‘nggi daqiqalarda transfer barbod bo‘ladi. Hujumchi uchun yaxshi taklif bo‘lsa, "Lids" Xarrisonni hech ikkilanmay sotadi.

Ehtimoliy manzili: "Nyukasl", "Aston Villa", "Tottenxem", "Vest Xem".

Robin Kox ("Lids")

Robin Kox "Lids"da omadsizlikka uchradi. Ammo uning darajasi ancha yuqori. Markaziy himoyachi yozda o‘z jamoasini o‘zgartiradi va bu narsa mantiqan to‘g‘ri hamdir. Nemis futbolchisiga Bundesligadan ham qiziqishlar mavjud. 26 yoshida uning kelajagi hali oldinda deyish mumkin. Ayni damda Kox 20 million funtga baholanmoqda.

Ehtimoliy manzili: "Nyukasl", "Tottenxem", "Bayer Leverkuzen", "Everton".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:24, 29.05.2023.
O'qildi: 3893 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.