Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Jezus: "Mavsumni yaxshi o‘tkazdik"

Jezus: "Mavsumni yaxshi o‘tkazdik"

Baho:
+ | -

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus jamoasi o‘tkazgan mavsumni yuqori baholadi.

Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta jamoasi Angliya premyer-ligasini ikkinchi o‘rinda yakunladi - bu klubning 2015/16 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

"Biz mavsumni yaxshi o‘tkazdik. Afsuski, maqsadimiz bo‘lgan kubokni qo‘lga kirita olmadik. Klub ichkarisida ham, tashqarisida ham yaxshi muhit yarata oldik.

Muxlislar bizni ko‘proq qo‘llab-quvvatlay boshladilar", - deya Jezusning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Arsenal" rasmiy sayti.

Mavsumning ko‘p qismida "Arsenal" Premyer-liga turnir jadvalida birinchi o‘rinda edi. Jezus "Emireyts"dagi debyut mavsumida 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:00, 29.05.2023.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик