Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Diksi Din - urushdan oldingi yillarning eng yaxshi hujumchisi!

Diksi Din - urushdan oldingi yillarning eng yaxshi hujumchisi!

Baho:
+ | -

  Erling Xoland Premyer-ligada gol urish bo‘yicha rekordni yangiladi: u allaqachon Muhammad Salohning natijasini ortda qoldirdi (ligada 38 turda 32 ta gol) va Endi Koul va Alan Shirerdan ham o‘zib ketdi.

Bu Premyer-liga davrining cho‘qqisi bo‘ladi, ammo butun Premyer-liga tarixida hatto Xoland ham yangilay olmaydigan hamma uchun abadiy bo‘lib ko‘rinadigan rekord mavjud. 1927/28 yilgi chempionatda «Everton» hujumchisi Diksi Din 60 ta gol urgan.

Din 21 yoshida “Everton”ni chempionlik sari yetaklagan O‘sha mavsumda u jamoaning deyarli 60% gollarini urgan!

43 ta gol - 1925/26 yilgi chempionatda Blekbernlik Ted Xarper rekord o‘rnatgan. Bu uzoq vaqt ingliz futbolidagi rekord bo‘lib qolishi kutilgan. 

Ammo ikki yil o‘tib, “Everton”dan 21 yoshli bolakay 60ta gol urib, rekord o‘rnatdi. Ha, ha, o‘sha paytda Din Xolanddan yoshroq edi.

Qizig‘i shundaki, Din va Xoland rekord darajadagi mavsumlarni deyarli bir xil sur’atda boshlashdi: ikkalasi ham ketma-ket 9 ta boshlang‘ich turda gol urishdi (angliyalikda 17 ta, norvegiyalikda 15 ta gol), ikkalasi ham “MYU”ni “sochib tashlagan” (Diksining penta-triki va Erlingning xet-triki). Ikkalasi ham o‘ninchi turda “Liverpul” darvozasiga yo‘l topa olmagan.

Xoland birinchi turdan so‘ng SKY Sports hisob-kitoblariga ko‘ra, agar bir xil o‘yin vaqti bilan gol urishda davom etsa, mavsum oxiriga kelib u 67 ta gol urishi yoki bir hakam tomonidan qo‘shilgan daqiqani ham hisobga olsa 72 ta gol urishi mumkin edi. Nazariy jihatdan, Dinning rekordi xavf ostida edi, lekin Erling qanchalik urinmasin, 95 yillik rekordni yangilashi amaliy jihatdan imkonsiz edi.

Dinning baxtiga uning davrida hech qanday o‘rinbosar yo‘q edi. Afsuski, ular terma jamoalar o‘yinlariga pauza qilishni rejalashtirmagan. Angliya terma jamoasiga ketgani sababli hujumchi liganing uchta o‘yinini o‘tkazib yubordi, ehtimol u jami yana o‘nlab gol urishi mumkin edi.

Din yo‘qligida ham “Everton” "Vest Xem"ni 7:0 hisobida mag‘lub etdi - u bilan nima sodir bo‘lishini tasavvur qila olasizmi? Yana ikkita o‘tkazib yuborilgan o‘yin ham jadvalning quyi qismida joylashgan jamoalardan keldi. Balki Dinning yo‘qligi hatto “Portsmut”ni quyi ligaga tushib ketishdan qutqarib qolgandir: jamoa “Everton” bilan o‘yinda (0:0) o‘ynab “Tottenhem”dan atigi bir ochkoga o‘zib ketdi.

Biroq, Din uchun Liverpul jamoasini chempionlik sari sudrab borishi uchun 39 uchrashuv yetarli bo‘ldi. Uning chempionatdagi hissasi juda katta. “Everton” o‘sha mavsumda 102 ta gol urdi, ulardan 60 tasi bitta futbolchi hisobiga (bu kosmik ko‘rsatkich 59%). Din esa qancha golli uzatma berganini hali ham bilmaymiz. O‘sha paytda bunday statistika saqlanmagan, ammo zamondoshlarining xotiralariga ko‘ra, Diksi jamoaviy o‘yinda ham o‘zini ko‘rsata olgan.

"U aql bovar qilmaydigan darajada fidoyi va sheriklar uchun golli vaziyatlar yaratishda usta edi" - bu hech kimning bahosi emas, balki Dinga qarshi bir necha bor o‘ynagan ser Mett Basbining fikri.

Bu mavsumga potensial parallel bo‘lgan yana bir potensial shuki, “Everton” ham "Man Siti" kabi uzoq vaqtdan beri ikkinchi o‘rinni egallab kelgan. O‘shanda “Arsenal” rolida “Xaddersfild” o‘ynagan, u ”Everton”ning bosimiga faqat aprel oyining oxiriga qadar dosh berolmagan. Natijada “Everton” raqibidan bor-yo‘g‘i ikki ochkoga ilgarilab ketdi.

Yana bir intriga bor edi. Bundan atigi bir yil avval “Midlsbro” futbolchisi Jorj Kamsel Ikkinchi divizionda bir mavsumda 59 ta gol urgan edi, ammo Diksi Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishni orzu qilgandi.

Marraga uch tur qolganda Din 9 ta gol farqi bilan ortda borayotgan edi. Butun mamlakat yosh forvard mutlaq rekord o‘rnatishga ulguradimi yoki yo‘qligini muhokama qilardi. Avvaliga Diksi “Aston Villa”ga qarshi dubl, keyin  “Byornli” darvozasiga poker qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavsumning so‘nggi o‘yinida Dinga hech bo‘lmaganda xet-trik kerak edi. “Everton”“Arsenal” bilan o‘yinga allaqachon chempion maqomida kirgan, shuning uchun butun Gudison faqat bitta narsani kutayotgan edi – Din bugun nechta urar ekan.

Diksi dastlabki 10 daqiqadayoq stadionni xursand qildi: avvaliga boshi bilan gol urdi, keyin esa penalti ishlab oldi. Tabiiyki, bunday kunda faqat bitta futbolchi nuqtaga yaqinlasha olardi. Din juda tez dublni amalga oshirdi. WorldFootballma’lumotlariga ko‘ra, bu uning o‘sha mavsumdagi penaltidan kiritgan yagona goli.

Qolgan vaqtlarda Din “Arsenal” darvozasini ha deganda ishg‘ol qila olmadi, ammo 60-gol barbir kiritildi. Bu yakuniy hushtakka 8 daqiqa qolganida sodir bo‘ldi: Diksi yana boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Abadiy rekord!

“Arsenal” va “Liverpul”ga qarshi xet-triklar, shuningdek, "Manchester Yunayted"ga qarshi penta-trik sizni ajablantirmasa kerak. 1928 yilda kuchlar nisbati hozirgidan butunlay boshqacha edi: o‘shanda londonliklar 10-o‘rinni egallagan, qo‘shni Liverpul – 16, “Yunayted” – 18-o‘rin, “Tottenxem” quyi ligaga tushib ketgan, “Man Siti” va “Chelsi” esa faqat ikkinchi divizionda birinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 15:58, 30.05.2023.
O'qildi: 1742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.