Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 19:00 Metallurg 1-1 Navbahor
24/05 19:30 Olimpik 0-0 Andijon
24/05 23:45 Jenoa 2-0 Bolonya
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

"Liverpul" kelasi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Transfer yangiliklari bisyor

"Liverpul" kelasi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Transfer yangiliklari bisyor

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning ushbu mavsumdagi natijalari kutilganidek bo‘lmadi. Katta ehtimol bilan mersisaydliklar kelasi mavsum uchun jamoada katta o‘zgarishlarga qo‘l uradi. Shunday ekan biz "qizillar"ning tamalga oshirajak trasferlari haqida bir nechta ishonchli insayderlarning fikrlarini yig‘ib chiqdik. Quyida esa, yozda "Liverpul" safiga kelib qo‘shilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar va insaydkrlarning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Rasman: Yorg Shmadtke "Liverpul"ning yangi sport direktori.

Nil Jons: "Liverpul" manbalari Xefren Tyuramning shu yozda «Enfild»ga o‘tishi ehtimolini kamaytirmoqda.

Garsiya Grova: Aleksis Mak Allister va uning vakillari 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bilan "Liverpul"ga 70 million yevroga transfer qilinadi.

Fabrisio Romano: Manbalar Aleksis Mak Allister kelasi hafta oxirigacha kelajagiga oydinlik kiritishini kutishmoqda. Uning "Brayton"dan ketishi muqarrar deb hisoblanadi. "Liverpul" kelishuvga intilmoqda, chunki shaxsiy shartlar deyarli kelishib bo‘lingan.

Fabrisio Romano: "Liverpul" Adrian bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi.

Fabrisio Romano: Ispaniya va Italiya klublarii Fabio Karvalyu bo‘yicha taklif bilan chiqqan.

David Linch: Fabio Karvalyu agar Yurgen Kloppning keyingi mavsumdagi rejalarida bo‘lmasa, "Liverpul"dan ketadi.

Daily Mirror: "Liverpul" Jeyms Milner bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi. Shuningdek, bu haqida Yurgen Klopp ham aytib o‘tgan.

Devid Ornshteyn: "Liverpul" Meyson Mauntni qo‘lga kiritish uchun favorit edi, ammo "qizillar" Chempionlar ligasiga chiqa olmasligi aniq bo‘lgach, Meyson "Manchester Yunayted"ga o‘tishga ko‘proq moyillik bildirmoqda.

Liverpul Exo: 25 million funt sterling yoki undan ko‘proq taklif "Liverpul"ga Kelleher bilan yozda xayrlashishi uchun yetarli bo‘lishi kutilmoqda.

Liverpul Exo: "Liverpul" ushbu mavsumda "Brayton"da ijarada o‘ynagan "Chelsi" markaziy himoyachisi Leo Kolvillga qiziqish bildirmoqda.

Sport Bild: Yorg Shmadtke Daichi Kamada, Florian Nuyxaus, Yoshko Gvardiol va Rayan Gravenberxni "Liverpul"ga o‘tkazish ustida ishlaydi.

Jeyms Pirs: "Liverpul" Fabio Karvalyu bo‘yicha barcha takliflarni rad etdi. Klub uni yozda sotishni o‘ylamayapti.

Grem Beyli: "Liverpul" "Midlsbro" yarim himoyachisi Xayden Xeknini jamoada ko‘rishni istaydi.

 

Manba: www.stadion.uz.

 "Ливерпуль" келаси мавсум жамоани кучайтириш мақсадида қайси трансферни амалга ошириши керак деб ўйлайсиз. 

Kiritildi: 00:32, 31.05.2023.
O'qildi: 3908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.