Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Ravshan Haydarov: «Birinchi bo‘limda ortiqcha kuch sarf qilib yubordik»

Ravshan Haydarov: «Birinchi bo‘limda ortiqcha kuch sarf qilib yubordik»

Baho:
+ | -

U-20 jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi O‘zbekiston — Isroil uchrashuvidan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrini bildirdi.

"Afsuski, alamli mag‘lubiyatga uchradik. O‘yinni yomon o‘tqazmadik. Raqib bilan tengma-teng o‘yin namoyish etdik. Vaqti-vaqti bilan ustunlikka ham erishdik. Hatto gol urdik. Darvoza to‘sinini nishonga oldik. Bugun bizning kunimiz emas ekan. Bunday o‘yinda tizginni ushlab turish qiyin. Umarali Rahmonaliyevning maydonda yo‘qligi bilinib qoldi. Birinchi bo‘limda ortiqcha kuch sarf qilib yubordik. Shu bois, o‘yinni zaxira futbolchilari bilan kuchaytirishga harakat qildik. Afsuski, o‘yin so‘ngida raqib jamoa bosimni kuchaytirdi. Xatolar yuzaga keldi va standartdan gol o‘tkazib yubordik. Bu juda alamli mag‘lubiyat.

O‘yin davomida hujumchilar tetik harakat qilishdi, ammo boshqalar jismoniy tarafdan qarshilik ko‘rsatishga qiynaldi. Shu bois, pozision uslubni afzal ko‘rdik. Faqatgina qo‘shimcha bo‘limlar to‘g‘risida o‘ylab qolganimiz yo‘q. Qarshi hujumlar tashkillashtirishni maqsad qilgandik.

Bu kabi musobaqalar taqvimini belgilash bizning qo‘limizda emas. Turnirga tayyorlanish uchun qancha uzoq muddat bo‘lsa, shuncha yaxshi. Bu yoshdagi yigitlarning ruhiyati o‘zgaruvchan. Mag‘lubiyatni ham, g‘alabani ham to‘g‘ri qabul qilish kerak. Biz bu jabhada ham harakat qildik. Ehtimol, yigitlar o‘ziga bo‘lgan talabni kamaytirgandir. Bu o‘zaro suhbat yoki mashg‘ulotlarda ko‘zga tashlanmasa ham, mana shunday katta o‘yinlarda bilinib qoladi. O‘ylaymanki, jahon chempionati jamoa uchun katta maktab vazifasini bajaradi. Jamoaning kelajagi bor. Ushbu natijalar ularning karyerasining mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishi kerak. Yigitlar hali yosh, ularni hali boshqa musobaqalar kutib turibdi.

Ne’matjonov jarohat oldi, shu bois almashtirildi. U maydonda o‘z imkoniyatini ko‘rsatishga harakat qildi. Xoldorxonov ham shunday og‘ir uchrashuvda imkoni boricha harakat qildi. Futbolchilarga ba’zi vaziyatlarda biroz tajriba yetishmadi. Har bir o‘yinchida rivojlanish jarayoni turlicha bo‘ladi. Bunday turnirlar esa ular uchun imkoniyat sanaladi", dedi yoshlar terma jamoamiz ustozi.

Manba: olamsport.com
Kiritildi: 16:00, 31.05.2023.
O'qildi: 4992 marta.
Fikrlar: 38 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.