Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Taekvondo bo‘yicha JCH. Svetlana Osipova yarim finalga chiqdi

Taekvondo bo‘yicha JCH. Svetlana Osipova yarim finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati davom ettirilmoqda.

Ayollar o‘rtasida 73 kg. vazn toifasida amaldagi jahon chempioni hisoblangan Svetlana Osipova yarim finalga chiqadi.

Hamyurtimiz dastlabki bosqichda italiyalik Alessandra Ilich ustidan ikki raund hisobiga g‘alaba qozondi (8-1, 9-3). Nimchorak finalda Svetlananing raqibi AQSHlik Xanna Kek jarohat tufayli dayanga chiqmadi.

Osipova uchun chorak final jangi ancha qiyin kechdi. Vatandoshimiz marokashlik Fotima Abufarasga qarshi jangning birinchi bo‘limda kichik 1-0 hisobida g‘alaba qozondi. Raqib ikkinchi raundda faollikni oshirdi va 11-9 hisobida g‘alaba qozonib, hisobni tenglashtirdi. Uchinchi bo‘limda esa sportchilar hisobda quvlashmachoq o‘ynashdi. Jang tugashiga 10 soniya qolganida Fotima 7-5 hisobida oldinda edi. Ammo Osipova raqibining boshiga zarba berib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Natijada hamyurtimiz so‘nggi raundda 8-7 hisobida raqibidan ustun kelib, jangni o‘z foydasiga hal qildi.

Svetlana Osipova yarim finalda Buyuk Britaniya vakili Bianka Kuk bilan jang qiladi. Yarim final va final janglari 19:00ga belgilangan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:03, 01.06.2023.
O'qildi: 1315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик