Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Ba’zan 0:4 ham hukm emas! (video)

Ba’zan 0:4 ham hukm emas! (video)

Baho:
+ | -

Angliya futboli «erto‘lasi»da sehrli «kambek» yoxud Chempionship yo‘llanmasi uchun jang.

Yevropaning ko‘plab ligalarida yuqorii divizionga ko‘tarilish uchun «pley-off» o‘yinlari davom etmoqda. Jumladan, 18 may kuni Angliyada Chempionship (APL ortidagi turnir)ga chiqish uchun «pley-off» bosqichidan o‘rin olgan bahsda chinakam shou kuzatildi. «Sheffild Uensdey» va «Peterboro» o‘rtasidagi o‘yinda hammasi sahnalashtirilgandek tuyuldi hatto. Bunaqasi yevrokuboklarda ham kuzatilmaydi hisob.

Angliya chempionati Birinchi divizioni yakuniga ko‘ra, Chempionship yo‘llanmasi uchun qo‘shimcha kurashga kirishgan «Piterboro» «pley-off» raundi yarim finali birinchi o‘yinida «Sheffild Uensdey» darvozasiga javobsiz 4ta gol urgandi. «Kambek» uchun imkoniyat bormi? «Uensdey» bunga qadar Chempionshipga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish huquqini beruvchi pozisiyani «Ipsvich»ga alamli tarzda berib qo‘ygandi. Aytish joiz, Futbol ligasi (Chempionship, Birinchi va Ikkinchi liga)ning butun tarixida biror klub davomida 96 ochko jamg‘argan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmadan quruq qolmagandi - chinakam omadsizlik..

Endi maydonga tushishdan oldin o‘zini finalda ko‘rgan «Peterboro» uchun falokat misoli tus olgan javob o‘yini ssenariysiga qarang:

9-daqiqa - «Sheffild» penaltidan hisobni ochdi. 

25-daqiqa - mezbonlar ikkinchi golni urib, muxlislarda tug‘ilgan umid uchqunini alangaga aylantirishdi. Oldinda yana 1 soatdan ko‘proq vaqt bor edi. 71-daqiqa - «Uinsdey» o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga cho‘zish imkoniyatini keskin oshirdi - 3:0.

90}8 daqiqa - «Sheffild» hakam tomonidan qo‘shib berilgan 8-daqiqada hisobni 4:0ga aylantirdi. Umumiy natija - 4:4. Shunchaki, fantastika!

105-daqiqa - «Piterboro» avtogol evaziga hisobni qisqartirdi va finalga yana yaqinlashdi.

112-daqiqa - «Sheffild» chekinmadi, ikki o‘yin natijasida tenglikni qayta tikladi - 5:5.

Yakunda mezbon jamoa penaltilar seriyasida aniqroq zarba yo‘llab, final chiptasini o‘z tomoniga og‘dirdi - 5:3. Bunda jamoaga uy devorlari ham yordam berdi, albatta. 

So‘z

- Futbol o‘ta shafqatsiz. Bir necha xatolarga yo‘l qo‘ydik, so‘nggi daqiqada gol qo‘yib yubordik... Boz ustiga, hakam 6 daqiqa qo‘shib berdi, amalda yana 8 daqiqa o‘ynadik. Bu to‘g‘ri emas. Lekin «Sheffild»ni g‘alaba bilan tabriklayman, baribir. Darren Fergyuson («Piterboro» bosh murabbiyi).

«Sheffild Uensdey» - «Piterboro» - 5:1 (2:0, 2:0, 0:1, 1:0)  Penaltilar seriyasi - 5:3
Gollar: Smit (9-pen.), Gregori (25), Jeyms (71), Palmer (90}8), Patterson (112) - \Gregori (105-avt.). 
Birinchi o‘yin - 0:4

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:16, 01.06.2023.
O'qildi: 1659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.