Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

«Napoli»: Mavsum bo‘yi 36 xil futbolka!

«Napoli»: Mavsum bo‘yi 36 xil futbolka!

Baho:
+ | -

«Napoli» mavsum bo‘yi 36 xil futbolka chiqardi. Shundan 25 xili chempionlik marrasi zabt etilganidan so‘ng havola qilindi. E’tiborli tomoni, ularda har bir futbolchining qiyofasi aks ettirilgan. Ha, «Napoli» futbolchilar tasviri bosilgan individual futbolkalarni chiqara boshlagan dunyodagi birinchi klubga aylandi. Jamoa a’zolari chempionlikni aynan shu antiqa va noyob formalarda nishonlashdi. Endi esa klub yangi g‘oya ortidan qo‘shimcha pul ishlashga tushdi. Har holda, katta ramziy ma’no kasb etmaydigan oddiy futbolkalarning bir donasi 150 yevrodan sotilmoqda. Hech qanday shubha yo‘q, uzoq kutilgan skudetto ta’sirida bunday formalarga talab juda katta. Ko‘rinishidan, endi ushbu konveyerni to‘xtatib bo‘lmaydi.

Aurelio de Laurentis g‘oyasi. Individual formalar - klub prezidenti g‘oyasi mahsuli. Aytgancha, de Laurentis qiyofasi bosilgan futbolka ham bor. Kino olamining mashhur vakili sanalgan «Napoli» sohibi hattoki, klub shunday libosda o‘ynashini xohlaydi. Lekin «A» seriya bunga ruxsat bermasligi aniq. Muhimi, «Napoli» prezidenti futbolkalar sotuvini yaxshilash borasida qiziqarli tajribalarga qo‘l urishda bardavom. Eslatish kerak, Nea­pol klubi 2021 yildan futbolkalar to‘plamlarini mustaqil ishlab chiqarmoqda va ularni tarqatish-sotish ishlari ham klub nazoratida. Jamoa bu borada faqat Jorjo Armani brendi - EA7 dizaynidan foydalanadi. Nea­polliklar birinchi mavsumda odatdagidek 3-4ta emas, 10tadan ortiq to‘plam yaratishdi. Joriy mavsum esa «Napoli» yanvarga qadar 9 xil dizaynda ishlangan futbolkalarni ko‘z-ko‘z qildi. Futbolchilar jumladan, katta lab, ko‘rshapalak va bug‘u tasviri tushirilgan formalarda harakatlanishdi.

Ko‘rinishidan, klubda o‘tgan yilgi ko‘rsatkichni keskin yaxshilashga qat’iy qaror qilishgandek. Deylik, La Repubblica nashri fevral oyida de Laurentis «A» seriya rahbariyatiga har bir futbolchi uchun alohida forma tayyorlash g‘oyasi bo‘yicha murojaat qilgani haqida xabar tarqatdi. Ya’ni u  Xvicha Kvarasxeliya, Viktor Osimxen va jamoaning boshqa a’zolarini o‘z suratlari tushirilgan futbolkada maydonga tashlashni xohlagan. Tabiiyki, «A» seriya bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamadi va «Napoli»ga rasmiy o‘yinlarda individual formalardan foydalanishni rasman taqiqladi. Ammo de Laurentis o‘z g‘oyasidan chekinmadi, baribir. Mana, klub oltin medal bilan taqdirlanish marosimi sharafiga 25 xil futbolka chiqardi. Shu tariqa futbolchilardan tashqari, bosh murabbiy Luchano Spallettiga ham o‘z tasviri tushirilgan forma topshirildi. Tabiiyki, Aurelio de Laurentisning o‘zi ham alohida forma oldi. Albatta, darvozabonlar uchun maxsus ishlangan sviter variantlari ham yo‘q emas. To‘g‘ri, futbolkalar dizayn bo‘yicha bir xil.

Amalda qo‘llanilgan tajriba. «Napoli» vaqtida Diyego Maradona qiyofasi aks ettirilgan futbolkalarni ham chiqargan edi. Umuman, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, «Napoli» joriy mavsum  36 xil futbolkani namoyish etdi. Barcha futbolchilar, jumladan, darvozabonlar, Spalletti va de Laurentis uchun maxsus tayyorlangan formalar ham shuning ichida. Qiziq, kimdir o‘z kolleksiyada har bir variantni yig‘a oladimi? Agar rasmiy o‘yinlarda foydalanilganlarini aytsak, «Napoli»da 9ta sof to‘plam bor (darvozabonlarnikidan tashqari). Hatto shu ham ko‘nikilgan standart me’yoridan ancha ko‘p. Yana bir tomoni, oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda dizaynerlar ba’zan «Napoli»ning yangi to‘plamlari ustida uncha ishlamayotganlari tanqid ostiga olingandi. Masalan, Rojdestvo bug‘usi tasviri tushirilgan futbolka dizayni ko‘pchilikka yoqmadi. Chunki forma uchun bug‘uning oddiy surati tanlangan va uning ustida ishlanmagan. Boz ustiga, bug‘usi bor «Napoli» futbolkasi 125 yevrodan sotilgan. Eng qizig‘i, jamoa yetakchisi Viktor Osimxen o‘shandayoq har bir futbolchi surati tushirilgan libos paydo bo‘lishini bashorat qilgandi. Nigeriyalik hujumchi endi klubdoshi Mariu Rui qiyofasi bosilgan forma yuzasidan hazillashishni ham paysalga solmadi: «Kim akamni bunday qilib qo‘ydi?»

Umuman olganda, «Napoli» bu tajribani o‘tgan mavsumdayoq sinab ko‘rgandi. O‘shanda klub afsonasi Diyego Maradona sharafiga uning tasviri bosilgan 3 xil rangli futbolkalar ishlangan. Hozircha «Napoli» va EA7 o‘rtasidagi hamkorlik keyingi mavsum davom etish-etmasligi aniq emas. Ammo agar shartnoma muddati uzaytirilsa, muxlislarni shunga o‘xshash dizaynlar bilan yana ajablantirish ancha qiyin bo‘lishi tayin.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:28, 02.06.2023.
O'qildi: 1569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.