Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

O‘zbekiston Kubogi: "Aral" - "Paxtakor". 22 yillik tanaffusdan keyingi o‘yinning prevyusi

O‘zbekiston Kubogi: "Aral" - "Paxtakor". 22 yillik tanaffusdan keyingi o‘yinning prevyusi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" 3 iyun kuni 22 yillik tanaffusdan keyin yana Qoraqalpog‘istonga tashrif buyuradi. O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichini yakunlab beradigan turda "Paxtakor" Nukusda "Aral" mehmoni bo‘ladi.

Oxirgi bor "Sherlar" 2001 yil Nukusda chempionat doirasida uchrashuvda ishtirok etishgan. Uzoq yillik tanaffusga shanba kungi o‘yinda barham beriladi. "Paxtakor" mazkur bahsda eng kamida durangga erishgan taqdirda guruhdan peshqadam sifatida nimchorak finalga yo‘l oladi.

Kubokda "sherlar" bir marta Qoraqalpog‘iston vakiliga qarshi o‘ynagan. 1997 yil Nukusda 1:1, Toshkentda 7:3 natijalari qayd etilib, "Paxtakor" musobaqani davom ettirgan. O‘sha yili "Paxtakor" kubok sohibiga aylangan.

"Aral" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 3 iyun, shanba Nukusdagi futbol mahorat maktabi stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Kiritildi: 14:53, 02.06.2023.
O'qildi: 1814 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик