Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Milnerga original sovg‘a

Milnerga original sovg‘a

Baho:
+ | -

«Liverpul» tolmas Jeyms Milner bilan munosib tarzda xayrlashmoqda.

Jumladan, «Enfild» stadioni xodimlari tomonidan faxriy futbolchiga original sovg‘a tortiq etildi. Ma’noli va esda qoladigan ajoyib sovg‘a!

Ha, «Enfild»ning ahil jamoasi Jeyms Milnerni «Liverpul» libosidagi oxirgi o‘yini oldidan maxsus xayrlashuv sovg‘asi bilan siyladi. 37 yoshli futbolchi afsonaviy «Kop» yaqinida joylashgan 11 metrlik nuqta maydonidan kesib olingan bir bo‘lagini qabul qilib oldi. Sovg‘aga ilova qilingan yozuv ham zo‘r: «Jeymsga. 8 yil davomida nuqtalarimizni yo‘qotish bilan shug‘ullangani uchun! Marhamat, endi o‘zing 1ta nuqtaga g‘amxo‘rlik qilib ko‘r».

Bu sovg‘a aniq ma’noga ega, albatta. Binobarin, Milner penaltidan gol urish qobiliyati bilan ham tanildi. Raqamlarda aytsak, «Liverpul»dagi 8 yillik faoliyati davomida 11 metrlik nuqtadan 19 marta muvaffaqiyatli zarba yo‘lladi.

E’tiborlisi, yarim himoyachi bunday noodatiy sovg‘a suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga qo‘ydi va yanada mazmunli izoh qoldirdi: «Qanday zo‘r sovg‘a! Bosim yo‘q, lekin qaychi va pushtirang chizg‘ichimni qo‘lga olmasam bo‘ldi...» Qiziq, Milner «Enfild»dan olingan shaxsiy chim bo‘lagini qayerda saqlarkin?

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:55, 03.06.2023.
O'qildi: 1515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик