Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Taekvondo bo‘yicha JCH. Feruza Sodiqova va Jasur Jaysunov chorak finalda

Taekvondo bo‘yicha JCH. Feruza Sodiqova va Jasur Jaysunov chorak finalda

Baho:
+ | -

Boku shahrida o‘tkazilayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida bugun ikki nafar hamyurtimiz bahslarda ishtirok etmoqda.

Ayollar o‘rtasida 62 kg. vazn toifasida Feruza Sodiqova birinchi bosqichdan ozod etilgan bo‘lib, ikkincha bosqichda bolgariyalik raqibini mag‘lub etgandi. Tushdan keyingi janglarda esa hamyurtimiz latviyalik Yolanta Talvidaga qarshi dayanga chiqdi va katta qiyinchiliksiz ikki raund yakuni bo‘yicha mag‘lub etdi. Endi Feruza yarim final yo‘llanmasi uchun vengriyalik Viviana Martonga qarshi jang qiladi. Ushbu bahsda g‘alaba qozongan sportchi JCH medalini naqd qiladi.

Erkaklar o‘rtasida 74 kg. vaznda taekvondochimiz tonggi dasturda — Moldova va Filippin vakilini ikki raundda mag‘lub etgandi. Hozirgina u chorak final yo‘llanmasi uchun koreyalik Kang Je Gvongga qarshi juda qiyin va qiziqarli jang o‘tkazdi. Raqib birinchi bo‘limda 18-16 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘lim tugashiga 2 soniya qolganida ham hisobda ortda borayotgan Jasur so‘nggi soniyada g‘alaba zarbasini berdi va 7-6 hisobida g‘alaba qozonib, muvozanatni tikladi.

Jaysunov uchinchi bo‘limda o‘zining faolligi evaziga irodali g‘alabaga erishdi. Ayniqsa, hisob 6-6 bo‘lib turganida hamyurtimiz raqibning "stoyka" almashtirganidan unumli foydalanib, ikki marta protektor zarba berib, 4 ochko oldinga o‘tib oldi. Vatandoshimiz jang oxiriga qadar mazkur ustunlikni berib qo‘ymadi — 13-9.

Jasur Jaysunov yarim final yo‘llanmasi uchun avstraliyalik Leo Golubichga qarshi dayanga chiqadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:42, 03.06.2023.
O'qildi: 1301 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик