Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Denis Korostichenko: «Mag‘lub bo‘lishni xohlamagandik»

Denis Korostichenko: «Mag‘lub bo‘lishni xohlamagandik»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko O‘zbekiston kubogi doirasida Samarqandda bo‘lib o‘tgan "Dinamo" qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— «Dinamo»ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin qiziq o‘tdi. Yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. «Dinamo» o‘z vaziyatlaridan foydalandi. Biz esa afsuski, yo‘q. Umuman olganda bugungi o‘yin jarayoni, vaziyatlari bilan yomon o‘tgani yo‘q. Ikkinchi bo‘limda vaziyatdan chiqib ketishga, gollar urishga harakat qildik. Burchakdan gol o‘tkazib yubordik. Bu esa bizni muzlatib qo‘ydi, desa ham bo‘ladi. Keyin esa hech bo‘lmasa bir gol urishga muvaffaq bo‘ldik.

— Marat Bikmayevning o‘yinda bo‘lmaganligi sababini bilamiz. Oleg Zoteev-chi?
— «Yunired»ga qarshi o‘yindan keyin unda jarohat aniqlandi. U davolandi, uch kun davomida davolanish ishlarini olib bordi. Shu bilan birgalikda jamoa bilan mashg‘ulot olib bormadi. Shu sababli murabbiylar shtabi bilan birgalikda uning bu o‘yinda qatnashmasligini ma’qul topdik. Oldinda bizni «Navbahor-Farm»ga qarshi muhim o‘yin kutib turibdi. Shuningdek, bu o‘yin ham biz uchun muhim edi. Bu yerga mag‘lubiyat uchun kelmagandik. Barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishga, mag‘lub bo‘lmaslikka harakat qilayotgandik. Olegning jarohati borligi sababli bugun uni o‘ynatmadik. Shuningdek, Jaloliddin Jumaboyevda ham shunday holat.

— «Lokomotiv» ham «Dinamo» ham anchagina charchab qolgani ko‘rindi. Bu issiq bilan bog‘liqmi?
— Balki. Jazirama ham "o‘z so‘zini aytgan" bo‘lishi mumkin. «Dinamo» ham «Lokomotiv» ham barcha o‘yinlarda maksimal kuch bilan g‘alaba uchun o‘ynamoqda. Chempionatda ham faqatgina g‘alabani, maksimal darajada ochkolar jamg‘arishni istayapmiz. Shu orqali charchoq alomatlari ham ko‘rina boshlagan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bugun ikkala jamoa ham ruxan "bo‘ldi, guruhdan chiqib bo‘ldikku" degan fikr o‘tgan bo‘lishi ham mumkin.

— Samarqandlik muxlislar bugun ham «Lokomotiv»ga ham «Dinamo»ga muxlislik qilishdi. Ular ham kelasi mavsumda aynan ushbu jamoalar Superligada o‘ynashini istashmoqda.
— Bu yoqimli holat. Nasib qilsin.

— 1/8 finalga chiqish uchun shunday prinsipial yo‘l tanlanmadimi?
— To‘g‘risini aytsam, hech qanday prinsipiallik bo‘lishini istamayman. Bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelgandik. Mag‘lub bo‘lishni xohlamaganmiz.

— Umuman olganda Kubokda maqsad bormi?
— Ha, Kubokda maksimal bosqichga borishni istaymiz. Balki, finalga chiqarmiz. Biz «Lokomotiv»miz. Doimo yuqorida bo‘lishni xohlaymiz. Balki hozir Pro-ligada bo‘lishimiz mumkin. Ammo Superliganing istalgan jamoasi bilan o‘ynashga tayyormiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 06:31, 05.06.2023.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.