"Barselona" hujumchisi Rafinya "Bavariya"ga o‘tishi mumkin.
26 yoshli braziliyalikning o‘yini myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxelga yoqadi.
Rafinya o‘tgan yozdan beri “Barselona” safida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.