Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Manchester Yunayted"ning yangi transferi o‘z yurtida harbiy xizmatni o‘tab qaytadi

"Manchester Yunayted"ning yangi transferi o‘z yurtida harbiy xizmatni o‘tab qaytadi

Baho:
+ | -

Himoyachi Kim Min Chje yozgi transfer oynasida “Napoli”ni “Manchester Yunayted”ga almashtiradi. 26 yoshli futbolchi “qizil iblislar” safiga qo‘shilishdan oldin o‘z vatanida harbiy xizmatni o‘taydi. Bu haqda nufuzli Goal portali Il Mattino'ga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumki, Janubiy Koreyada qonunan barcha fuqarolar harbiy xizmatni o‘tashi shart. Istisnolar faqat terma jamoa bilan xalqaro miqyosdagi muhim yutuqlar uchun qilingan.

Avvalroq, "Manchester Yunayted" Kimning transferi uchun 60 million yevro to‘lashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kim Min Chje o‘tgan yozdan beri “Napoli” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 17:25, 06.06.2023.
O'qildi: 6523 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик