Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Gavi va Bellingemdan ham ustunroq...

Gavi va Bellingemdan ham ustunroq...

Baho:
+ | -

«Liverpul» tizimida bu mavsum Gavi va Jud Bellingem kabi superiqtidorlardan ham ko‘proq o‘ynagan yigitcha kamol topyapti.

To‘g‘ri, himoya vakili sanalgan Konor Bredli oxirgi mavsum «Bolton» safida o‘ynadi. Ko‘rinishidan, u Trent-Aleksander Arnold o‘rniga real da’vogardek.

Diqqat qiling, transfer huquqi bo‘yicha «Liverpul»ga tegishli Konor Bredli yakuniga yetayotgan mavsum dunyo bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida eng ko‘p o‘yin vaqtiga ega bo‘ldi. Transfermarkt ma’lumotiga qaraganda, «Bolton»da ijara muddatini o‘tagan istiqboli baland yigitcha jami 57ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 4723 daqiqa harakatlandi. Reytingning 2-qatori «Anderlext» vakili Zeno Debastga tegishli - 4629 daqiqa. «Barselona» topilmasi Gavi hamda grandlar o‘rtasida talash bo‘layotgan Jud Bellingem («Borussiya» D.) esa tegishlicha 4 va 10-o‘rinda.

Qolaversa, Bredlining 2022G‘2023 yillar mavsumidagi statistikasi hali yanada oshishi ehtimoli katta. Harqalay, kutilishicha, yigitcha Shimoliy Irlandiya milliy jamoasining Daniya (16 iyun) va Qozo?iston (19 iyun) termalariga qarshi o‘yinlarida maydonga tushadi. «Liverpul» o‘tgan yozda yosh himoyachini o‘yin amaliyoti bilan ta’minlash maqsadida ijara kelishuvi asosida «Bolton»ga yubordi. Asosiysi, Shimoliy irlandiyalik iqtidor Ian Evatt boshqarayotgan jamoada darhol o‘zini ko‘rsatishga tushdi va qisqa muddatda o‘rni asosiy tarkibda ekanligini isbotladi. Himoyaning o‘ng qanotida harakatlanadigan Konor jumladan, Angliya chempionati tizimidagi 3-raqamli divizionda hujumga effektli qo‘shilishni ham o‘rniga qo‘ydi - 53ta o‘yinda 7ta gol va 6ta samarali uzatma. «Bolton» esa Bredli yordamida Papa John’s Trophy kubogini qo‘lga kiritdi va liga «pley-off» bosqichi yarim finaliga chiqdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:30, 06.06.2023.
O'qildi: 5614 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.