"Vest Xem" sardori Deklan Rays unga boshqa klublardan qiziqish bildirganini tasdiqladi.
“Boshqa klublardan ham qiziqish bor, ammo mening “Vest Xem” bilan yana ikki yillik shartnomam bor. Men bor e’tiborimni klubga qaratganman va keling, nima bo‘lishini ko‘ramiz", - dedi Rays.
Avvalroq, Rays "Bavariya"ga o‘tishni yakunlash arafasida ekanligi xabar qilingandi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.