Chempionshipga tushib ketganiga qaramay, "Lester" yarim himoyachi Jeyms Meddison uchun katta chegirma qilish niyatida emas. The Telegraph xabariga ko‘ra, "tulkilar" angliyalikni faqat 55 million yevro evaziga qo‘yib yuborishadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda Meddisonga "Nyukasl" eng aniq qiziqish bildirayotgan klub bo‘lmoqda, ammo Eddi Xau jamoasi yaqinda klubi quyi ligaga tushib qolgan futbolchi uchun 55 million yevro to‘lashga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, aniq emas. Klub narxni juda yuqori deb hisoblab, kelishuvdan voz kechishi mumkin.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida Meddison o‘z hisobiga 10 ta gol va 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.













