"Manchester Yunayted" hujum markazini kuchaytirish imkoniyatlarini izlashda davom etmoqda. Jurnalist Lori Uiteullning xabar berishicha, ayni paytda “qizil iblislar” Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Randal Kolo-Muanining transferi ustida ishlamoqda.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" sport direktori Jon Murto Kolo-Muani kelishuvini shaxsan o‘zi hal qilmoqda. Qayd etilishicha, bitim narxi 80 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Oldinroq fransiyalik futbolchiga Myunxenning "Bavariya" klubi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Kolo-Muani o‘tgan mavsumni Germaniya Bundesligasida 15 gol va 11 golli uzatma bilan yakunladi.













