"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 1999 yilda Fergyuson boshchiligidagi "Manchester Yunayted"dan keyin ingliz klubi bilan birinchi bor trebl qayd etgani haqida fikr bildirdi.
Bu mavsumda “shaharliklar” Chempionlar ligasi, Premyer-liga va Angliya kubogida g‘olib chiqishdi.
“Ser Aleks Fergyuson bilan tenglashib olganimdan faxrlanaman. Bugun ertalab men undan xabar oldim”, — deya ispaniyalikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.
Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 35-sovrinni qo‘lga kiritdi va Mircha Lucheskuga tenglashdi - bu tarixdagi ikkinchi ko‘rsatkich.