Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Igor Surov: «O‘zbekistonlik futbolchilarning o‘yinlari meni qoniqtiryapti»

Igor Surov: «O‘zbekistonlik futbolchilarning o‘yinlari meni qoniqtiryapti»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Andijon” klubi Tojikistondagi yig‘ini doirasida “Esxata” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va 1:1 hisobi qayd etildi.

“Esxata” hozirda Tojikiston oliy ligasida 2-pog‘onada boryapti. Ushbu jamoani rossiyalik Igor Surov boshqarib kelmoqda. “Andijon”ga qarshi bahsdan so‘ng rossiyalik mutaxassis o‘yin to‘g‘risida fikr bildirdi.

“Sparring-raqib sifatida “Andijon”ning bizga kelib o‘yin o‘tkazganligi uchun rahmat aytmoqchiman. Ha, yaxshi jamoa ekan. Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Bu bellashuv bizning keyingi uchrashuvlarimiz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini bajaradi. Lekin rejamizdagi o‘yinimiz o‘xshamadi. Aslida shunday o‘yinni kutgandik. Saviya jihatidan ham yuqori bo‘ldi. Bu ayniqsa 60-daqiqagacha sezildi. Bizda ham vaziyatlar yuz berdi. Lekin hammasi ham o‘xshagani yo‘q. Dastabki daqiqalardan yaxshi himoyalanishni boshlagandik. Reja bo‘yicha ketayotgandi. Keyin esa o‘zgarib ketdi.

Ha, raqib jamoa O‘zbekiston Superligasida yaxshi o‘rinda ketmoqda. Bu o‘yin og‘ir o‘tishini kutgan edik. Albatta, qiziqarli kechdi. Futbolchilarimiz harakatlarini shunday o‘yin orqali ko‘rib oldik”.

“Esxata” safida “Andijon” darvozasiga gol urgan futbolchi o‘zbekistonlik Akobir To‘rayev bo‘lib, uni muxlislarimiz yaxshi eslashsa kerak. U yaqinda “Esxata”ga qo‘shildi. Tabiiyki, Igor Aleksandrovich To‘rayev haqida ham gapirdi.

“Qandaydir muammo bo‘ldi, holbuki, bu o‘yinchi bilan yil boshida shartnoma tuzib, ro‘yxatdan o‘tkazishni reja qilgandik. Hozirga kelib u shu paytgacha dam oldi. Endi esa bizga yordam beradi, deb o‘ylayman”.

Bundan tashqari, “Esxata”da yana uch nafar legionerimiz – Sanjar Rixsiboyev, Shahzod Ma’murjonov va Olimjon Karimov ham to‘p surishmoqda. Surovdan mazkur futbolchilar xususida ham so‘radik.

“Bu yigitlar bilan ikki yildirki, birga ishlayapmiz. Ularning o‘yinlari meni qoniqtiryapti. Asosiysi, mehnat qilishyapti, ishlayapmiz. Yaxshi saviyadagi futbolchilar sanalishadi”, - dedi bosh murabbiy.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:07, 15.06.2023.
O'qildi: 1479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.