Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"Borussiya Dortmund"ning eng qimmat oltita sotuvi: Bellingem qaysi o‘rinni band etgan?

"Borussiya Dortmund"ning eng qimmat oltita sotuvi: Bellingem qaysi o‘rinni band etgan?

Baho:
+ | -

"Borussiya Dortmund" yillar davomida o‘zini futbolchilar uchun tramplinga aylantirgan klub sanaladi. Katta karyera xohlaydigan har qanday futbolchi shu jamoaga kelishni orzu qiladi. Jud Bellingem bunga yaqqon misoldir. U yaqindagina "Real"ga yo‘l olgan edi. Ingliz futbolchisi yosh yigitcha sifatida kelib, yuqori darajadagi yarim himoyachi bo‘lib dortmundliklar safini tark etdi. Bellingem uchun Madrid jamoasi bonuslardan tashqari 88.5 million funt to‘laydigan bo‘ldi. Quyida shu kabi "BVB" tarixidagi eng yirik sotuvlar esga olinadi.

Erling Xoland – 51 million funt (2022)

Tan olish kerak, bu transfer uchun "Manchester Siti" arzimagan pul to‘lagan. "BvB" ko‘zi ko‘r bo‘lib mavsumiga 52 ta gol uradigan "robot"ni atigi 60 million yevroga sotdi. Hatto, "shaharliklar" bundan uch yil o‘tib, uni sotsa ham, aniqki, katta foyda ko‘radi.

Pyer-Emerik Obameyang – 56 million funt (2018)

"Arsenal" 2017-2018 yilgi mavsum o‘rtasida Obameyang xaridini amalga oshiradi. Gabonlik hujumchi Angliyada ham Bundesligadagi darajasini namoyish etib, 2018-2019 yil so‘nggida APLda to‘purar bo‘ladi. Ammo ajoyib start yomon yakunga aylandi. U 2022 yilning fevralida Londonni achinarli holda tark etadi.

Kristian Pulishich – 57.6 million funt (2019)

"Chelsi" amerikalik futbolchisini 2019 yilning qishida xarid qiladi. Ammo Pulishich mavsum oxiriga qadar "Borussiya Dortmund" tarkibida qoldiriladi. Bunga asosiy sabab futbolchining ruhiy holatini o‘zgartirmaslik edi. Hozirga qadar to‘rt yil o‘tdi. Ammo Pulishich o‘zidan kutilgan natijalarga erisha olmadi. U bu yozda London klubini tark etishi kutilmoqda. 25 yoshli hujumchi xizmatlariga ko‘p jamoalar qiziqish bilan qaramoqda.

Jeydon Sancho – 73 million funt (2021)

Futbol tarixidagi eng uzoq va zerikarli transfer poygalaridan biri Sancho ustida kechadi. Ikki yillik ta’qibdan keyin 2021 yilda "MYU" dortmundliklar rahbariyatini 73 million funtga ko‘ndiradi. Bu pul evaziga Sancho APLga qaytgan edi. Ha, "qizil iblislar" o‘zi istagan futbolchiga ega bo‘ldi. Ammo 22 yoshli hujumchi Angliyada faqat ortga ketmoqda. Erik ten Xagning sabrini esa chegarasi bor.

Jud Bellingem – 88 million funt (2023)

17 yoshida Angliyani tark etganidan keyin, Bellingem oldida yana vataniga qaytish varianti ham bor edi. Ammo u futbol tarixidagi eng yaxshi klublardan biriga o‘tishga qaror qildi. 19 yoshli yarim himoyachi uchun to‘langan 88 million funt bekor ketmasligi aniq. Bellingemga esa Ispaniya poytaxtida Zidanning afsonaviy 5-raqami berildi. U endilikda yangi jamoasiga moslashishi kerak.

Usmon Dembele – 96.8 million funt (2017)

Oradan besh yildan ko‘proq vaqt o‘tganiga qaramasdan, "Barselona" nima uchun bunday katta pulni Dembele uchun sarflaganiga tushuna olmasa kerak. Jami 135.5 million funtga tushgan hujumchi Kataloniyada hozirga qadar o‘ta beqaror o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Vaqti kelganida undan yaxshi futbolchini maydonda topa olmay qolasiz. Boshqa paytlari esa, Dembeleni maydondan qidirish befoyda. Fransiya terma jamoasi a’zosi, klubining moliyaviy qiyinchiliklariga qaramay, Barselona shahrida qoladiganga o‘xshaydi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 23:50, 16.06.2023.
O'qildi: 2963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.