Portugaliya terma jamoasi muxlisi jamoaning Bosniya bilan o‘yinida maydonga yugurib chiqdi.
Yevro-2024 saralash o‘yinining ikkinchi yarmida Portugaliya bayrog‘i ko‘targan muxlis hujumchi Krishtianu Ronalduning yoniga borib, uni quchoqlab oldi va keyin uning oldida tiz cho‘kib, ta’zim qildi.
O‘rnidan turib, muxlis yana 38 yoshli futbolchini quchoqlab, ko‘tardi.