Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Neymar «Red Bull» va Xemilton tomon

Neymar «Red Bull» va Xemilton tomon

Baho:
+ | -

Neymar «PSJ»ning chempionlik bayramidan voz kechib, Monako Gran-pri turniriga bordi va bu qilmishiga allaqachon jiddiy javob oldi. Har holda, Parij klubi braziliyalikka oshkora e’tiroz bildirdi, uning harakatini provokasiyaga yo‘ydi. Amalda Neymar «Red Bull» jamoasi mehmonlariga ajratilgan hududda Mariya Sharapova, Orlando Blum, Tom Xolland kabi o‘nlab mashhurlar orasida «yondi».

Monako Gran-prisi - yevropoyganing eng jozibali bosqichi. Ma’lum bo‘lishicha, Neymarning turnirga tashrifini aynan «Red Bull» jamoasi moyalashtirgan. Binobarin, braziliyalik futbolchi va Avs­triya jamoasi kompaniyasi o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlar bor. Deylik, Neymar 4 yilcha oldin Ispaniya Gran-prisida ham «Red Bull» mehmoni bo‘lgandi. «Nega bu yerdaman? Chunki boshqa sport turlariga nisbatan Formula 1ga mehrim balandroq. Ayniqsa, ajoyib do‘stim Luis Xemiltonni qo‘llab-quvvatlayman. Qisqasi, «Red Bull»ni yaxshi ko‘raman va hamisha do‘stim uchun qayg‘uraman», - dedi Neymar Sky Sports efirida portugal tilida. Bu lahza ESPN (AQSH) kanali ijodkorlarini shu qadar hayratlantirdiki, ular kadrni alohida surat uchun kesib olishdi.

Chindan ham, Neymar va Xemilton o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari ancha mustahkam. Har holda. futbolchi va poygachi turli kechalarda ko‘p marta birga ko‘rinish berishgan. Jumladan, ular Monako Gran-prisining ertasiga Lily~sClub kechasida ham uchrashib, rosa chaqchaqlashdilar. Faqat savol shuki, bu Neymarning ulug‘lash harakatimi yoki?

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:33, 20.06.2023.
O'qildi: 2162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик