Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Deklan Rays keyingisi bo‘ladimi? – "Arsenal" tomonidan sotib olingan Angliya terma jamoasi vakillari

Deklan Rays keyingisi bo‘ladimi? – "Arsenal" tomonidan sotib olingan Angliya terma jamoasi vakillari

Baho:
+ | -

"Arsenal" "Vest Xem" oldiga Rays uchun uchinchi taklifi bilan boradigan bo‘ldi. 24 yoshli futbolchi klubning rekord darajadagi xaridiga aylanishi mumkin. Shunday bo‘lsa, u to‘pchilar safidagi yettinchi Angliya termasi a’zosiga aylanadi. Akademiyadan chiqqan Bukayo Saka va Eshli Koul kabi nomlar "Uch Sherlar" safidan joy olgan. Qolganlar esa, masalan, Aron Ramzdeyl va Teo Uolkottlar klub tomonidan xarid qilingan. Quyida aynan kimlar "Arsenal"ning ingliz yulduzlari bo‘lganiga e’tibor qaratamiz.

Ben Uayt

"Lids Yunayted"ni APL chiqishida katta yordam bergan futbolchi, 2020 yilda "Brayton"ga qaytadi. Himoyachi o‘sha mavsumda "chag‘alaylar"ning eng yaxshi vakiliga aylangandi. Bu esa Uaytni Angliya terma jamoasiga chaqirilishiga olib keldi. U ilk o‘yinini Avstriyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida o‘tkazgandi. 2021 yilning yozida Uayt "Arsenal" tomonidan 50 million funtga sotib olindi.

Danni Uelbek

Angliyaning har qaysi burchagida yaxshi ko‘riladigan nomlardan biri bu Uelbekdir. U "Arsenal" va "Manchester Yunayted"da birdek qadr topgandi. Ammo jarohatlar "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisini yuksalishdan to‘sib qo‘ydi. Uelbek 42 ta o‘yinda 16 ta goli bilan Angliya terma jamoasi tarixida qolgan. Ammo hujumchi 2019 yildan beri "Uch Sherlar" safida ko‘rinish bermadi. Futbolchini "Arsenal" muxlislari 2016 yilda "Lester" darvozasiga urgan goli bilan eslashadi.

Sol Kempbell

Kempbell "Tottenxem" safida harakat qilayotgan vaqtidayoq Angliya terma jamoasi safiga chaqiriladi. U jami 73 ta bahsda mamlakat sharafini himoya qilgan. Himoyachi APLdagi eng shov-shuvli transferga sabab bo‘lib, 2001 yilda Londonning qizil tomoniga, "Arsenal" safiga o‘tadi. Solning to‘pchilar bilan omadi kelgandi. U ikki bor APLda chempion bo‘lishga erishgan.

Richard Rayt

Rayt 250 dan ortiq o‘yinlarda "Ipsvich Taun" sharafini himoya qilgan. Darvozavon Yevro-2000 bahslariga Angliyaning uchinchi darvozaboni sifatida boradi. 2000 yilning iyunida Rayt terma jamoada debyut qiladi. 2001 yilda Rayt "Arsenal" tomonidan 2 million funtga sotib olinadi. Ammo bir mavsumdan keyin futbolchi London klubini tark etadi. Negaki, unga o‘yin vaqti taqdim etilmagan edi.

Devid Platt

Platt 29 yoshida "Arsenal"ga kelganida, allaqachon uning faoliyati rang-barang edi. 1995 yilda u "Sampdoriya"dan sotib olinadi. O‘sha paytda Platt Angliya sharafini ikkita yirik turnirda himoya qilishga ulgurgan edi. Yarim himoyachi "Arsenal"da uch mavsum harakat qildi. 1998 yilda u APLda chempion bo‘ldi va shu yili "Nottingem" safiga ravona bo‘ldi.

Martin Kioun

Markaziy himoyachi aslida "Arsenal" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Ammo u jamoani tark etib, sakkiz yil mobaynida "Aston Villa" va "Everton"da faoliyat yuritgan. 1993 yili Kioun yana to‘pchilar safiga qaytadi. O‘sha qaytishda u Angliya terma jamoasi a’zosiga aylanib ulgurgandi. O‘zining 11 yillik "Arsenal"dagi davrida himoyachi 3 marta Angliya chempioni bo‘ldi. Yana uch marta Angliya kubogiga ega chiqdi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 09:44, 22.06.2023.
O'qildi: 1604 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.