Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Murod Aliyev «Bunyodkor» akademiyasiga e’tiborni oshirmoqchi

Murod Aliyev «Bunyodkor» akademiyasiga e’tiborni oshirmoqchi

Baho:
+ | -

“Bunyodkor” futbol klubi so‘nggi yillarda yo‘nalishini o‘zgartirgan holda tarbiyalanuvchilariga jiddiy e’tibor qarayotgani hech kimga sir emas. Bir necha yil oldin akalari oldida to‘p tepgan Suhrob Izzatov, Rasul Yo‘ldoshev singari yoshlarimiz bugun jamoa yetakchisiga aylanib ulgurdi. Davom etayotgan mavsumning o‘zidayoq Narimon Ahmadjonov, Amir To‘raqulov, Ulug‘bek Kenjayev singari tarbiyalanuvchilarimiz bosh jamoa libosini kiyib, rasmiy o‘yinlarda maydonga tushdi. Jahongir O‘rozov, Umid Sultonov, Mahmud Mahamadjonov kabi yoshlarimiz tarkibdagi akalariga raqobatchilik qilayotganiga bir mavsumdan oshdi. Albatta, bu statistikalar chiroyli va barchani xursand qiladi, ammo “Bunyodkor” akademiyasi bundan ko‘prog‘iga qodir.

Xabaringiz bor, bir hafta muqaddam “Bunyodkor” futbol klubiga yangi rahbar - Murod Aliyev direktor etib tayinlandi. Murod Boqiyevich ish boshlagan ilk kunidayoq e’tiborni akademiyaga qaratdi. Zero, akademiya klubning ertasi hisoblanadi. Akademiya rahbariyati, murabbiylari va personal xodimlari bilan uchrashib, ularning fikrlarini tinglagan Murod Boqiyevich amalga oshirilishi shart bo‘lgan ishlarni muhokama qildi. Xususan, murabbiylarning salohiyatini yanada oshirish, mashg‘ulotlar vaqtini ob-havoning holatidan kelib chiqqan holda belgilash va albatta futbolchilarni tanlab olishda tanish-bilish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik qat’iy ta’kidlandi. Qolaversa, endi jamoalarga o‘yinchi tanlashda akademiya murabbiylar kengashi a’zolarining fikri ham inobatga olinishi ma’lum qilindi. Murabbiylar kengashi tarkibida shaxsan Murod Boqiyevichning o‘zi ham joy olgan.

Sanoqli haftalardan so‘ng ligalarda mavsumning birinchi qismi yakunlanadi va jamoalar yozgi tanaffusga yo‘l oladi. O‘z-o‘zidan yozgi davralar oralig‘ida barcha jamoalarimiz tarkibi kuchaytiriladi, albatta bu birinchi navbatda akademiyamiz tarbiyalanuvchilari orqali amalga oshiriladi. O‘z ustida ishlashni to‘xtatib qo‘ygan yoki yulduzlik kasaliga yo‘liqqan bolalar bilan tarbiyaviy ishlar olib boriladi, lozim topilsa ularga ruhshunoslar biriktiriladi. Qolaversa, endi bolalar klubga fidoyilik falsafasi ostida tarbiyalanadi. Bugun bolaga yaxshi futbolchi bo‘lib yetishishi uchun barcha sharoitni yaratib bergan klub ertaga buning mevasini olishi shart! Bu zamonaviy futbol va hayot qonuni. Ota-ona farzandi bolaligida borini beradi, farzand ulg‘aygach ota-onasiga ularning mehnatlari mevasini qaytaradi.

Bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida “Bunyodkor” a’zolari to‘p surmayotgan bo‘lsa-da, Srechko Katanes shogirdlarining aksari o‘z vaqtida akademiyamiz nonini yeb katta bo‘lgan yigitlardir. Ularning ismi-sharifini yozishga hojat bo‘lmasa kerak. Garchi milliy terma jamoada “qaldirg‘ochlar” bo‘lmasa-da, qolgan barcha termalarimizda tarbiyalanuvchilarimiz bor va yetarlicha. Umid qilamizki, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar samarasi o‘laroq tez orada milliy terma jamoada ham “qaldirg‘ochlarimiz” bo‘ladi va bu Murod Boqiyevichning murabbiylarga qo‘ygan asosiy talablaridan biri!

Bundan keyin “Bunyodkor” jamoalarida murabbiylar tarkibga qo‘shib olmoqchi yoki voz kechmoqchi bo‘lgan futbolchi bo‘yicha murabbiylar kengashiga asos keltirishi shart! Boisi, bundan keyin “Bunyodkor” kimnidir shaxsiyati uchun xizmat qilmaydi, aksincha  bir maqsad va bir falsafa yo‘lida faoliyat yuritadi!

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 00:31, 24.06.2023.
O'qildi: 1463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.