Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Sergey Arslanov: «Klubimiz birinchi navbatda yoshlarga e’tibor qaratadi»

Sergey Arslanov: «Klubimiz birinchi navbatda yoshlarga e’tibor qaratadi»

Baho:
+ | -

«Surxon» — «So‘g‘diyona» uchrashuvidan (1:0) so‘ng Sergey Sergeevich matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

"O‘yin qiyin va asabiy o‘tdi, buning ustiga bahs yakunida o‘yinga 14 daqiqa qo‘shib berildi. Jismoniy va ruhiy tomondan ko‘p kuch sarfladik. Agar taymlar haqida gapiradigan bo‘lsak, birinchi bo‘limda ko‘proq to‘psiz harakat qilib, himoyaga ko‘proq etibor berdik, ikkinchi taymda esa raqib darvozasi oldida ko‘plab vaziyatlar yaratdik. O‘yin nega qiyin o‘tdi? Birinchidan, raqib yaxshi harakat qildi, ikkinchidan, o‘yinlar orasidagi farq kattaligi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi" — deydi Sergey Arslanov.

— Nega Nimeli o‘yinga qo‘shilib keta olmadi?
— Birinchi bo‘limda u rosa qiynaldi. Har doim himoyadan hujumga o‘tishda hujumchilar to‘pni saqlashi, to‘pga chiqishi haqida gapiramiz. U shunday harakat qilishga urindi, ammo raqib bunga imkon bermadi. Ikkinchi bo‘limda esa unga vaziyatlar etishmagan bo‘lsada, Nimeli himoya va hujum o‘rtasidagi bog‘lovchi vazifasini bajarib berdi. Aynan u tufayli himoyadan chiqib, xavfli vaziyatlar yarata boshladik. Ha, u charchab qoldi. Maydonga ikkinchi hujumchi tushishi o‘yinimizni kuchaytira oldi. Ularning biri to‘pni saqlagan bo‘lsa, ikkinchisi raqibni aldashga harakat qildi. 20 kundan so‘ng rasmiy bahsda maydonga tushish nafaqat futbolchilarga, balki murabbiylarga ham qiyin.

— Nimeliga qiziqish katta. Ayniqsa "Navbahor"dan...
— Nimeli chempionatimizning eng yaxshi hujumchilaridan biri sanaladi. Top-klublar unga haqiqatdan ham qiziqish bildirishmoqda. Ular rahbariyatimizga murojaat qilib, bu borada muzokara o‘tkazishlari mumkin.

— «Surxon»ning transfer short-listida kimlar bor?
— Hozir ularni saralab, o‘yinimizga mos kelishini ko‘rib chiqyapmiz.

— «Surxon» legioner olmoqchimi yoki mahalliy futbolchi?
— Klubimiz birinchi navbatda yoshlarga etibor qaratadi. Keyin esa turli yoshlardagi terma jamoa vakillarini olib kelishga intilamiz. So‘nggi variant — legioner. Ayni damda legionerlar bo‘yicha barcha pozisiyalarimiz band. Shu sababli ular haqida o‘ylayotganimiz yo‘q.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 00:34, 24.06.2023.
O'qildi: 1310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик