Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

“Real”dan uchralgan mag‘lubiyat “Man Siti” futbolchilarini shok holatiga tushirdi — manba

“Real”dan uchralgan mag‘lubiyat “Man Siti” futbolchilarini shok holatiga tushirdi — manba

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida Madridning “Real” klubiga qarshi o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Manchester Siti” futbolchilari uchrashuvdan so‘ng chuqur tushkunlik holatiga tushib qolgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘yin tugagach, “shaharliklar” kiyinish xonasida og‘ir muhit hukm surgan. Futbolchilar bir-biri bilan deyarli gaplashmagan, ayrimlarida hatto dush qabul qilishga ham xohish qolmagan. Jamoa a’zolari uzoq vaqt sukut saqlagan holda kiyinish xonasida qolib ketgani aytilmoqda.

Shuningdek, futbolchilar klub avtobusiga ham belgilangan vaqtdan ancha kech qaytgan. O‘sha paytda ham ular shok holatida bo‘lib, jimjitlik saqlaganlari ta’kidlanadi.

Mazkur bahsda “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvida “Manchester Siti”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchesterdagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18 martga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:24, 13.03.2026.
O'qildi: 4052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик