Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"Arsenal" Deklan Rays o‘rniga olib kelishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachilar

"Arsenal" Deklan Rays o‘rniga olib kelishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachilar

Baho:
+ | -

"Arsenal" tez orada Deklan Rays transferidan quruq qolishi mumkin. Negaki, poygaga "Manchester Siti" qo‘shildi. Bu klubda pul yetarli va bu "Vest Xem"ning talablarini qondirishga yetadi. Shunday ekan, voqealar rivoji ayni damda to‘pchilar foydasiga bo‘lmayapti. Ammo xavotirga o‘rin yo‘q. Sen bo‘lmasang, boshqasi deganlaridek, Rays o‘rnini bosadigan nomzodlar ko‘p. Quyida shulardan ayrimlari sanab o‘tiladi.

1. Joau Palinya

"Arsenal"ning yarim himoyasi qayta qurilishi kutilmoqda. Negaki, tarkibning asosiy vakillari bo‘lgan Granit Jaka hamda Tomas Partilar Londonni tark etishi mumkin. Mikel Arteta esa yuzaga keladigan bo‘shliqlarni to‘ldirishi kerak. Ehtimoliy to‘ldirishlar bir-biridan farq qiladi. Ya’ni, yarim himoyachi deb nomlangan markaz vakillari ham maydonda bajaradigan vazifalariga qarab farqli bo‘ladi. Agarda Rays "Man Siti"ga ketsa, "Arsenal" yana Moyses Kaysedo variantiga qaytishi mumkin. Shuningdek, yosh va chaqqon Romeo Laviya varianti ham bor. Ammo u Raysning o‘rniga muqobil bo‘la olmaydi. Shu sababli to‘pchilar bu borada o‘z qo‘shnilariga yuzlanishga majbur bo‘ladi. "Fulxem" yulduzi Joau Palinya debyut mavsumidayoq hammaning nazariga tushishga ulgurdi. Portugaliyalik yulduz o‘zining o‘yinni o‘qish qobiliyati bilan ajralib turadi. Shu sababli u maydon markazi uchun ideal tanlov bo‘lgan bo‘lardi. Biroq, Palinyaga qo‘yilgan 90 millionlik narx aqlga sig‘maydi!

2. Kalvin Fillips

"Lids" va Angliya safida porlagach, Fillips "Manchester Siti"dan taklif oldi va bunga rozi bo‘ldi. Yarim himoyachi yangi jamoasida zaxira variantiga aylanib qoldi. Rodri soyasida qolib ketgan yarim himoyachi jami 593 daqiqa maydonda harakat qilishga muvaffaq bo‘lgan xolos. Shunga qaramay, Fillips "shaharliklar" safida qolmoqchi ekanini bildirgan. Ammo Gyundoganning o‘rniga Rays kelsa, u holda Fillips o‘rni yanada chuqurroqqa tushib ketadi. Rodrining asosiy tarkibdagi o‘rni o‘zgarmas bo‘lgani holda Kovachich unga o‘rindoshlik qiladi. Fillips esa yana zaxirada qolib ketaveradi. "Arsenal" 26 yoshli futbolchini jalb etib, unga ko‘proq o‘yin vaqti taqdim etishi mumkin.

3. Kefren Tyuram

"Liverpul" Tyuramga eng asosiy da’vogar. Ammo mersisaydliklar "Nissa" yulduziga Yevropa chempionati (U21) tugamagunicha, taklif yubora olmaydi. Shunday ekan, "Arsenal"da kurashib ko‘rish uchun imkoniyat bor. Yosh fransuz jismoniy va funksional jihatdan afzalliklarga ega. Xususan, uning baland bo‘yi yakkakurashlarni yutib olishda muhim ahamiyatga kasb etadi. Raqib hujumini buzishda, Tyuram o‘tgan mavsum davomida Fransiyadagi eng yaxshilardan biri edi. Qolaversa, moslashuvchanlik qobiliyati, uni har ikki jarima maydonchasi ichida unumli harakat qilish imkonini beradi. "Nissa" 20 yoshli yarim himoyachi evaziga 40 million funt talab qilmoqda.

4. Amadu Onana

APLda Onananing jamoasi ancha ayanchli ahvolda qolgan edi. Ammo yomon jamoaning eng yaxshi vakili sifatida aynan Onanani e’tirof etish mumkin. Agarda "Arsenal" "Manchester Siti"ni chempionlik poygasida mag‘lub etmoqchi bo‘lsa, u holda jamoaga ko‘proq jismoniy kuch kerak bo‘ladi. Bu borada Onana ajoyib variantdir. Belgiya terma jamoasi a’zosi himoya va hujumda foydali bo‘lishi bilan birga, havodagi kurashlarda ustunlikka ega. "Arsenal" Onana uchun shundoq ham asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Rays masalasi muvaffaqiyatli hal bo‘lmasa, Onana Artetaga yordamga keladi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:01, 24.06.2023.
O'qildi: 4281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.