"Manchester Yunayted" futbolchisi jamoaga qaytmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, klub hujumchisi Amad Diallo ortiq ijarada yurmoqchi emas.
Ammo uning taqdiri Erik ten Xagga bog‘liq. Agarda u yana ijaraga ketsa, hujumchi "Sanderlend"da faoliyatini davom ettiradi. Diallo 2020 yilda "Atalanta"dan 35 million funtga sotib olingan edi.