"Tottenxem" yangi darvozabon xarid qilyapti. Xabarlarga ko‘ra, "Empoli" posboni Gulyelmo Vikario London klubiga o‘tadi.
36 yoshli darvozabon borasida ikki tomon 17 million funtga kelishib olgan. Tez orada futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. U Angelos Postekogluning "shporlar" safidagi ilk xaridiga aylandi.