Zidan Iqbol "Manchester Yunayted"dan "Utrext"ga ko‘chib o‘tdi.
20 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolangan.
The Athletic xabariga ko‘ra, mankunianliklar yarim himoyachi uchun deyarli million yevro olishadi. Shuningdek, ular Iqbolning navbatdagi sotuvidan tushgan daromadning ulushini talab qilishlari mumkin bo‘ladi.













