"Milan" rahbariyati joriy transfer oynasida tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda. Yaqin kunlarda "rossoneri"lar bir vaqtning o‘zida bir nechta bitimlarni yopish niyatida.
Insayder Janluka di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, milanliklar safiga quyidagi futbolchilar qo‘shiladi: darvozabon Marko Sportyello, yarim himoyachi Luka Romero va vinger Ruben Loftus-CHik.
Italiya chempionatining so‘nggi mavsumida “rossonerilar” turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallashdi.













