Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"Manchester Yunayted" jami 260 millionlik 13 ta futbolchisi sotuvga qo‘ymoqchi. "Katta tozalash" boshlanadi!

"Manchester Yunayted" jami 260 millionlik 13 ta futbolchisi sotuvga qo‘ymoqchi. "Katta tozalash" boshlanadi!

Baho:
+ | -

Erik ten Xag tarkibni yangilash uchun yoz davomida jamoaning 13 ta futbolchisiga chiqish eshiklarini ko‘rsatmoqchi. 53 yoshli mutaxassis Angliyadagi birinchi mavsumida liga kubogini qo‘lga kiritdi. "MYU"ni esa YECHLga qaytardi. Shunga qaramay, ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘ydi. Xususan, "Liverpul"ga 7-0 hisobida mag‘lub bo‘lib, mavsumni o‘z hamshahari "Manchester Siti"dan 14 ochko kam to‘plagan holda tugatdi. Shu sababli, ten Xag tarkibni kuchaytirishi, yangi mavsumdan esa chempionlik poygasiga kirib olishi lozim. Buning uchun esa asosiy tarkibda katta o‘zgarishlar qilish kerak. Avvalo, ishni yangi futbolchilar xarididan boshlash lozim.

"MYU"ning bu yozdagi eng katta maqsadi Xarri Keynni olib kelish bo‘lib qolmoqda. Muqobil variant sifatida esa "Atalanta" yulduzi Rasmus Xyoylunn nishon sifatida ko‘rilmoqda.
Yarim himoya ham kuchaytirilishi lozim. Shu maqsadda Meyson Maunt uchun kurashildi. Ammo "MYU"ning bildirgan uchta taklifi ham "Chelsi" tomonidan qabul qilinmadi. Shuningdek, darvozabon borasida ham allaqachon harakatlar boshlangan. Klub rahbariyati "Inter" posboni Adre Onana agentlari bilan uchrashgani aytiladi. David De Xea o‘z kelajagi borasida mana shu xabardan keyin o‘ylay boshlashi kerak. Uning oldiga maoshini kamaytirish talabi qo‘yilgan. Aks holda, ispaniyalik futbolchi 30 iyundan keyin o‘ziga yangi klub izlashiga to‘g‘ri keladi.
Darvozabon, yarim himoyachi va hujumchi tarkibni kuchaytiradi. Ammo ularni sotib olish masalasida ham o‘ziga yarasha muammolar mavjud. Xususan, klubning egalari almashinuvi kutilmoqda. Bu ish amalga oshmagunicha, xaridlar qilish imkonsiz ishga aylanishi mumkin. Albatta, Gleyzerlar boshqaruvdan ketishi sababli yangi transferlarga pul sarflashni istamaydi. Ushbu jarayon Erik ten Xagga yoqmayapti. Qolaversa, ayni damda yoz uchun "Manchester Yunayted"ga 100 million funtlik limit qo‘yilgan. Jamoa shundan ortig‘ini sarflay olmaydi. Bu chegarani kengaytirish uchun asosiy tarkib vakillarini sotuvga qo‘yish kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, 13 ta futbolchi uchun takliflar ko‘rib chiqiladi. Ular ichida Jeydon Sancho, Skott Maktominey, Xarri Maguayr va Antoni Marsyal kabi katta nomlar bor. Rahbariyat sotuvga qo‘yilajak futbolchilarning hech birini majburlamaydi. Ular jamoada qolib, tarkibdagi o‘rni uchun kurashishi ham mumkin. Ammo keladigan takliflar qabul qilinishi belgilangan. "MYU" Sancho uchun 45 million funt, Maguayrga 40, Marsyalga esa 25 millionlik narx qo‘ydi. Shuningdek, Maktomineyga da’vogarlar ham 40 million atrofidagi taklif uchun muzokaralarga uchun ochiq ekani aytiladi.
Darvozabon Din Xenderson 2022-23 yilgi mavsumni ijarada o‘tkazgandi. U uchun "Nottingem" 15 million to‘lasa, futbolchini Londonda olib qolishi mumkin bo‘ladi.

Yuqorida nomlari zikr etilmagan sakkizta futbolchilarga esa faol ravishda xaridor qidirilmoqda. Ular ichida ayrimlar ijaraga beriladi. Hattoki, shartnomani tugatishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ham mavjud. Masalan, Fred va Donni van de Beklar 20 million funtga baholangan. Ular "Fulxem" radari ostida qolmoqda. Hujumchi Antoni Elanga ham Bundesligaga yo‘l olishi mumkin. Himoyachilar Aleks Telles va Erik Bayilarga mos ravishda 10 million va 2 million funtlik narx qo‘yildi. Akademiyadan chiqqan Brendon Uilyams esa 5 million funt evaziga sotilishi mumkin bo‘ladi. "MYU" o‘z tarbiyalanuvchilari Zidan Iqbol (850 ming funt) va Xannibal Mejbrini (13 million funt)ham sotuvga qӯyadi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:53, 27.06.2023.
O'qildi: 6741 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.