Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

"Liverpul"ning tarixdagi barcha yettinchi raqamli futbolchilari: Suares – top!

"Liverpul"ning tarixdagi barcha yettinchi raqamli futbolchilari: Suares – top!

Baho:
+ | -

Katta klublardagi ayrim raqamlar o‘zi bilan bir dunyo tarixni ko‘tarib yuradi. Bundan "Liverpul" ham mustasno emas. Bir paytlar Kenni Dalglish va Kevin Kigan taqqan yettinchi raqam APL davrida kimlarga berilgan edi? 1993 yildan beri faqat yettita futbolchi undan foydalangan. Luis Dias yangi mavsumda sakkizinchi vakil bo‘ladi. Quyida Diasdan oldingi o‘yinchilarga e’tibor qaratamiz.

7. Nayjel Klaf

"Liverpul"ning APLdagi ilk yettinchi raqami Klaf edi. U mersisaydliklar safida ancha murakkab davrlarni boshdan kechiradi. "Nottingem Forest"dan sotib olingan futbolchi o‘z darajasini ko‘rsata olmaydi va "Burton Albion"ga ketadi.

6. Robbi Kin

Hamma Kinni 20 millionlik ko‘chishidan hayratda qolgandi. U "Tottenxem"dan xarid qilinadi. Ammo hammasi orqaga ketdi. Irlandiyalik futbolchi "Liverpul" bilan faqat yarim mavsum harakat qildi. U mavsum o‘rtasida yana "shporlar" safiga qaytib ketadi. Kin mersisaydliklar bilan 5 ta golga mualliflik qilgandi.

5. Xarri Kyuell

Kyuell kutilgan natijaga erisha olmagan yana bir futbolchi edi. "Lids"dan olib kelingan futbolchi jarohatlar sabab o‘zini ko‘rsata olmaydi. Kyuell 2005 yilgi YECHL finalida ishtirok etib, maydonni erta tark etadi. Ammo avstraliyalik futbolchi ba’zida yorqin ko‘ringan.

4. Vladimir Shmiser

"Kyuellning o‘limi, Shmiserning bayrami" edi. U o‘sha finalda zaxiradan aynan Kyuell o‘rniga tushadi. Hujumchi ikki bo‘limda ajoyib gol urishga erishgan. Olti yil davomida futbolchi 19 ta golga mualliflik qiladi.

3. Jeyms Milner

Milner yettinchi raqamdan eng ko‘p foydalangan futbolchilardan biridir. U "Manchester Siti"dan 2015 yilda olib kelinganidan beri shu raqamdan foydalanib kelmoqda. Milner mersisaydliklarning Yurgen Klopp qo‘l-ostida qayta uyg‘onishida muhim ahamiyat kasb ketdi. Shu sababli u ro‘yxatning uchinchi o‘rinida turibdi.

2. Stiv Makmanaman

Stiv yettinchi raqamni 1996 yilda Klafdan qabul qilib oladi va Mersisaydda uchta mavsum o‘tkazadi. 1998 yilda mavsumni 11 ta gol bilan tugatgach, ingliz futbolchisi "Real"ga ketgandi. Klub tarbiyalanuvchisi hali ham yaxshi xotiralar bilan eslanadi.

1. Luis Suares

Robbi Kinning jamoadan ketishi, yettinchi raqamning bo‘shab qolishiga olib keladi. Ikki yildan keyin uning haqiqiy egasi kelgandi. Luis Suares "Ayaks"dan kelib, hamma yoqda shovqin soladi. Birinchi mavsumida 5 ta gol urganiga qaramasdan, urugvaylik hujumchi keyingi uch yilda 78 ta golga mualliflik qildi. 2014 yilning yozida u "Barselona"ga ketgandi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 14:01, 29.06.2023.
O'qildi: 3532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.